Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

O‘zil o‘zini tanqid qilgan afsonalarga javob qaytardi

O‘zil o‘zini tanqid qilgan afsonalarga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasi bilan JCH-2018 saralashi doirasida Chexiyaga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin o‘ziga bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

«Kecha Germaniya Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati uchun katta qadam tashladik. Chexiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondik. Ikki kundan beri terma jamoadagi do‘stlarim mendan «Arsenal»da nimalar ro‘y berayotgani haqida so‘ramoqda. Ular jamoadagi holatni inqiroz deb hisoblashmoqda. Bunday qarash OAVda bir qator ekspertlar va jamoaning sobiq futbolchilari bildirayotgan fikrlar tufayli paydo bo‘lgan.

Men Londondaligimda ko‘pdan ko‘p tanqidlarni qabul qilib olmoqdaman. «Haddan tashqari qimmat, o‘ta ochko‘z, jismonan yomon holatda va dangasa», – men haqimda shunday deyishmoqda 

Bunday fikr bildirayotganlarning ko‘pchiligi meni bilmaydi. Yana jamoaning sobiq futbolchilari fikrlar bildirishmoqda – ular «Arsenal» bilan muvaffaqiyatga erishgan futbolchilar. Futbolchilar tanqid qilinishi tabiiy, ammo men futbolchilar futbolchilarni tanqid qilishini tushunmayman, men afsonalar o‘zlarini afsonalarga xos tutishini kutgandim. Men ulardan – tanqidni to‘xtatib, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashni boshlashni so‘rab qolaman.

Bu mavsum qanday kechishidan qat’i nazar, men «Arsenal»dagi beshinchi mavsumimni ham a’lo darajada o‘tkazishni istayman. «Arsenal» — katta klub, bu klubda buyuklar o‘ynashgan va klubning o‘z an’analari bor. Bu klub futbolkasini kiyishimdan faxrlanaman. O‘tgan 4 yilda menda ajoyib lahzalar bo‘ldi, men bu lahzalarni qadrlayman. Londondagi, Buyuk Britaniyadagi va butun dunyodagi muxlislarga minnatdorchilik bildiraman», — deya yozgan u «Feysbuk»dagi sahifasida.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 15:10, 03.09.2017.
O'qildi: 7580 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.