Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Javlon Guseynov: "Janubiy Koreyani tezkor hujumlar evaziga yengish mumkin"

Javlon Guseynov: "Janubiy Koreyani tezkor hujumlar evaziga yengish mumkin"

Baho:
+ | -

Tailand chempionatining birinchi ligasida to‘p surgan tajribali himoyachi Javlon Guseynov yana O‘zbekistonga qaytdi va davralar oralig‘ida Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Javlon Tailand birinchi ligasida «Chainat Xornbill» klubi sharafini himoya qilgandi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, ushbu jamoa rahbariyatida yuz bergan o‘zgarish Guseynovni ham chetlab o‘tmagan.

Buning natijasida hamyurtimiz bilan shartnoma muddatidan avval bekor qilingan. Javlon bilan suhbatimiz mobaynida u aynan shu masalalarga oydinlik kiritdi.

- Javlon, «Chainat Xornbill»ni tark etishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Klub rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi. Tabiiyki, buning natijasida bosh murabbiy va uning yordamchilari ham o‘zgardi. Yangi rahbariyat va murabbiylar shtabi 5-6 nafar futbolchi bilan amaldagi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqdi.

Ular orasida ikki legioner, shu jumladan, men ham bor edim. Shu tariqa do‘stona xayrlashdik. «Chainat Xornbill» libosida 16ta o‘yindan 13tasida maydonga tushdim.

- Jamoaning natijalari yaxshi edi-ku! Nima uchun klub rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi?

- To‘g‘risi, buning sababini bilmadim. Jamoa shaxsiy edi, balki klub direktori homiylar bilan kelisha olmagandir?!

- Yangi rahbariyat va bosh murabbiy bilan gaplashib ko‘rmadingizmi?

- Gaplashdim. Ular hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi kerakligini aytishdi. Aksincha, bir himoyachi bilan shartnomani bekor qilish rejalarida borligini ma’lum qilishdi. Bu esa mening chekimga tushdi.

- Shartnoma muddatidan avval buzilgani uchun klub sizga tovon puli to‘ladimi?

- Ha, to‘ladi. Umuman olganda, shu va boshqa moliyaviy masalalarda klub bilan o‘rtamizda hech qanday muammo bo‘lmadi. Tailand jamoasi har tomonlama professional ekan va ular bilan do‘stona xayrlashdik. Hozirgacha aloqani uzmaganman.

- Tailand klublarining birida qolish varianti chiqmadimi?

- Variantlar bor edi. Lekin nisbatan olganda turnir jadvalining quyi­roq pog‘onalarida borayotgan jamoalardan takliflar bo‘ldi. Taklifning moliyaviy tarafini ustun qo‘yib, faoliyatimni Tailand chempionatida davom ettirishim mumkin edi.

Ammo futbolchi sifatida o‘sishga erishmasdim. Shuni o‘ylab ham O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘ldim.

- Tailand chempionatida 13ta o‘yin­da maydonga tushdingiz. Ushbu mamlakat futboli, siz o‘ynagan liga haqidagi umumiy xulosa va taassurotlaringiz qanday bo‘ldi?

- Tailand klublari ko‘proq legionerlarga tayangan holda o‘ynashar ekan. Jamoalarning infratuzilmasi a’lo darajada. O‘yin tomonlama olib qarasak, asosan texnikaga e’tibor berishadi.

Futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Faqat futbol haqida o‘ylaysiz va o‘ynaysiz. Qolgan hamma narsa muhayyo qilingan.

- «So‘g‘diyona»ga kim taklif qildi?

- Davron Fayziyevning taklifi bilan Jizzaxga keldim. Men uchun bu taklif har tomonlama qiziq bo‘ldi. Davron aka bilan ishlash juda ham qiziq. Buni ularning qo‘l ostida o‘ynagan futbolchilar yaxshi bilishadi. Lekin birdaniga ko‘p narsa o‘zgarib ketdi.

- Bu holat sizning rejalaringizni o‘zgartirib yubormadimi?

- Qaysidir ma’noda o‘zgartirdi. Lekin hozirgi murabbiylar shtabi bilan ham munosabatlarimiz yaxshi. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Har qanday o‘zgarish ham yaxshilikka, deyishadi-ku.

- Shkvirin futbolchilardan nimalarni talab qilyapti?

- Igor Anatolyevich hozir sekin-asta o‘z o‘yin falsafasini jamoaga sing­dirib borishga intilyapti. Asosan himoyada barqaror o‘ynab, ko‘prok aniq to‘p uzatishlar orqali hujum uyushtirishni talab qilyapti.

- Oliy ligamizning qaysi klublaridan takliflar bo‘ldi?

- Ixtiyorimda 3-4ta variant bor edi. Hattoki, «Olmaliq» jamoasi bilan og‘zaki kelishuvga ham erishgandim. Ular menga Belarusdagi yig‘in uchun chipta ham olishgandi. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra shartnoma imzolamadik.

- «So‘g‘diyona»ning nisbatan omadsiz ishtiroki haqida qanday fikrdasiz? O‘yinlarni tahlil qilyapsizlarmi?

- «Bunyodkor» bilan o‘yin juda qiyin va kurashlarga boy tarzda kechdi. Durang adolatli natija bo‘ldi va bizni qoniqtirdi, desam yanglishmayman. «Lokomotiv» bilan uchrashuvda o‘z xatolarimiz evaziga mag‘lubiyatga uchradik.

Jamoamiz tarkibida 5-6 nafar yangi futbolchilar bor va ularning o‘yinga qo‘shilib ketishlari uchun vaqt kerak.

Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan uchrashuvda nimaning evaziga g‘alaba qozonishimiz mumkin, deb o‘ylaysiz?

- Nasib qilsa, mundialga boramiz. Muxlislardan futbolchilarga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmasliklarini va oxirigacha jamoaga ishonib, qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Janubiy Koreya termasini tezkor uyushtiriladigan hujumlar evaziga mag‘lub etish mumkin.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:51, 04.09.2017.
O'qildi: 4814 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.