Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Aleksandr Lobanov: «Jahon chempionatiga chiqishimizga 100 foiz ishonayapman»

Aleksandr Lobanov: «Jahon chempionatiga chiqishimizga 100 foiz ishonayapman»

Baho:
+ | -

Terma jamoamiz darvozaboni Aleksandr Lobanov «Erudit Sport» gazetasiga bergan intervyusida Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Jahon Chempionatiga chiqishimizga siz qay daraja ishonayapsiz?

— Jahon Chempionatiga chiqa olishimizga men 100 foiz ishonayapman! Ishonch bo‘lmasa, ming tayyorgarlikdan hech qanday naf yo‘q. Shu bois, barchamiz o‘zimizga ishonib, maqsad sari olg‘a intilishda davom etamiz. Muxlislarga aytar so‘zim, ular ham Jahon Chempionatiga chiqishimizga ishonishsin, bizni hayotda ham, internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda ham qo‘llab-quvvatlashsin. Biz bir jamoa bo‘lsak, albatta niyatimizga yetishamiz.

— Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishga ulgurgansiz. Ularning ustunligi nimada deb o‘ylaysiz?

— Har ikki raqibimiz ham juda jiddiy raqiblar sirasiga kiradi. To‘g‘ri, Xitoyni Toshkentda nisbatan osonlik bilan mag‘lub etgan bo‘lsakda, ular o‘z uylarida har qanday raqibga qarshi jiddiy kurash olib boradi. Bu jamoaning kuchi texnik yoki taktik futbolda bo‘lmasada, xitoyliklarning kuchi o‘z vatani sha’ni uchun maydonda «jang» qila olishida. Ular ham g‘alaba uchun bor kuchlarini sarf etishlari aniq. Janubiy Koreyaning qanday kuchga ega ekanligini esa barcha yaxshi bo‘ladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, oldimizdagi ikki o‘yin Jahon Chempionati yo‘llanmasini taqdim etar ekan, Xitoy bo‘ladimi, Koreya bo‘ladimi yoki olaylik Ispaniya yo Argentina bo‘ladimi, biz har qanday holatda ham 200 foiz kuch bilan tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba bilan azaliy orzuimizga yetishishimiz shart! Bu ikki o‘yin biz futbolchilar uchun ham faoliyatimizdagi eng muhim o‘yinlar bo‘ladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:05, 04.09.2017.
O'qildi: 15222 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.