"Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard klubning 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilariga bosh murabbiy qilib tayinlandi.
Endi 37 yoshli mutaxassisning qo‘li ostida "Liverpul U-19" UYEFA O‘smirlar ligasi - yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etadi. «Liverpul» U19 klubiga guruh bosqichida «Spartak», «Sevilya» va «Maribor» raqiblik qiladi.