Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Rasmiy bayonot: O‘zbekiston Futbol Federasiyasida rahbariyat o‘zgardi

Rasmiy bayonot: O‘zbekiston Futbol Federasiyasida rahbariyat o‘zgardi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 12 sentyabr kuni Toshkentdagi Radisson BLU mehmonxonasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan ma’muriy masalalar, prezident murojaati, O‘FF prezidentining o‘tgan yillar mobaynida olib borgan ishlari hisoboti, moliyaviy va buxgalterlik hisobotlari, Ijroiya qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra mustaqil auditorlarni tayinlash va eng asosiysi O‘FFning yangi prezidenti, vise-prezidentlari va Ijroqo‘m a’zolarini saylash kabi masalalar o‘rin oldi.

O‘FF prezidenti lavozimiga yozma ravishda taqdim etilgan Ahmadjonov Umid Maxamatjonovich nomzodi barcha delegatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining birinchi vise-prezidenti etib O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Ramatov Achilbay Jumaniyozovich, vise-prezident lavozimlariga esa O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Bobojonov Po‘lat Razzoqovich hamda O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti rektori Isroilov Shoakram Xolmatovich saylandi.

Shuningdek, O‘FF Ijroiya qo‘mitasining yangi a’zolari saylandi. Quyida ular bilan tanishish mumkin:

Qurbonov Rustam Javdatovich – O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Shodiyev Bobur Kabulovich – “Paxtakor” PFK prezidenti Aliyev Murod Boqiyevich – “Bunyodkor” PFK bosh direktori Rajabov Mansur Qo‘chqorovich – “Lokomotiv” PFK prezidenti Yarashev Komil Dehqonovich – O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti prorektori Jalolov Narimon Jalolovich – O‘zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi

Konferensiya davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev, O‘zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi Narimon Jalolov so‘zga chiqib, o‘tgan yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlab haqida to‘xtalib, O‘FFning sobiq rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

O‘FFning yangi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov unga bildirilgan ishonch uchun barchaga tashakkur bildirib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida o‘zbek futbolini yuqoriga ko‘tarishga harakat qilishga va’da berdi.

“Ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Xudo xohlasa keyingi xalqaro musobaqalarda va Olimpiya o‘yinlarida birgalikda, maslahatlashgan holda. O‘zbek futbolini ko‘tarishga va’da beraman. Bundan buyon muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va xalqimizni xursand qilib, futbolimizni birgalikda ko‘taramiz degan umiddaman”, – dedi O‘FFning yangi prezidenti Umid Maxamatjonovich.

Konferensiya yakunida O‘FFning sobiq prezidenti Mirabror Usmonov ham so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda olib borilgan ishlar, bo‘lib o‘tgan kamchiliklar borasida to‘xtalib, yangi rahbariyatning ishiga omad tiladi.

Mirabror Usmonov O‘zbekiston futboliga qo‘shgan ulkan hissasi uchun tantanali ravishda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 14:29, 12.09.2017.
O'qildi: 15061 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик