Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sadio Mane 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Sadio Mane 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

Angliya futbol assosiasiyasi (FA) «Liverpul» hujumchisi Sadio Maneni «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvda darvozabon Edersonga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun jazoga tortdi.

Xabarga ko‘ra, Mane jami uchta o‘yinga chetlatilgan. Mersisaydliklarning apellyasiyasi esa rad etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya premer-ligasining 4 turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Liverpul»jamoalari uchrashuvining 37 daqiqasida Sadio Mane Ederson bilan to‘p uchun kurashda uning boshiga zarba berib yuborgan va hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylangandi. O‘sha vaziyatda jarohat olib safdan chiqqan Ederson o‘rniga Klaudio Bravo maydonga tushgandi.

 

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 20:54, 12.09.2017.
O'qildi: 5085 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.