Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Xamesning rafiqasi «Bavariya»ga o‘tgani uchun uni tashlab ketganmidi?

Xamesning rafiqasi «Bavariya»ga o‘tgani uchun uni tashlab ketganmidi?

Baho:
+ | -

Germaniyaning “Bavariya” klubi futbolchisi Xames Rodrigesning rafiqasi Daniela Ospina kuni kecha turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi. Ospina xonim buning sababi nimada ekanligini tushuntirishga urindi.
 
Eslatib o‘tamiz, Xames Rodriges asli kolumbiyalik bo‘lib, yozgi transferlar mavsumida Ispaniyaning “Real” klubidan “Bavariya”ga ijara futbolchisi sifatida borib qo‘shilgan. Xamesning rafiqasi esa u bilan birga Germaniyaga ko‘chib o‘tishni istamagan.
 
“...Germaniyaga ko‘chib o‘tishni o‘zim istamadim, chunki shaxsiy biznesimni Kolumbiya va Ispaniyada olib borishga o‘rganib qolganman. Lekin Xames faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishni istadi.
 
Bu esa menga to‘g‘ri kelmasdi. Ajralish istagini qabul qilish qiyin bo‘ldi, ammo biz buni to‘g‘ri qabul qildik. O‘zaro kelishgan holda farzandimiz tarbiyasiga ma’sul bo‘lishda davom etamiz”, deydi Ospina xonim.
 
Ma’lumot uchun, Daniela Ospina va Xames Rodriges bundan 6,5 yil avval turmush qurishgandi. Hozirda ular do‘stlik aloqalarini o‘rnatishgan va Salomei ismli qizchasini birgalikda tarbiya qilishda davom etishadi.
 
Daniela Ospina ayni vaqtda o‘z yurti Kolumbiyaga qaytgan va u yerda shaxsiy brendining ishlarini davom ettirmoqda.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 15:39, 16.09.2017.
O'qildi: 7005 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик