“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan “Uotford”ga qarshi uchrashuv (6:0) da jamoadoshi Serxio Agueroning ijobiy harakatlarini baholadi.
“Aguero — bu jamoa uchun juda muhim futbolchi sanaladi. Aguero – shunchaki gol mashina. Uning uchinchi goliga umuman gap yo‘q. Serxio o‘zidagi kuch va iqtidorni namoyish etib berdi.
“Manchester Siti” – doim Aguero xizmatlariga tayanishidan umid qilaman. O‘ylaymanki, Aguero “Manchester Siti” tarkibida hali ko‘p gollar uradi”, — deydi Gyundogan.