Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

«Barselona»dan yirik g‘alaba, Messidan «poker»

«Barselona»dan yirik g‘alaba, Messidan «poker»

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Eybar»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Mehmonlar nomdor raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga urinishdi. O‘yin boshida "Eybar" futbolchisiga yakkama-yakka vaziyatda Ter Shtegenni dog‘da qoldira olmagan bo‘lsa, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ularning 2ta zarbasidan keyin to‘p "Barsa" darvozasi ustuni va to‘siniga tegib qaytdi.

Kataloniyaliklar hisobni penaltidan ochishdi. Messining 11 metrli jarima to‘pidan bergan zarba yo‘nalishini posbon topdi, ammo uni qaytara olmadi. Paulinyo esa burchakdan yetkazilgan uzatmani bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchi "Barsa" safida ketma-ket ikkinchi o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Ikkinchi bo‘limda "Eybar" posboni Messining zarbasini qaytardi, ammo Denis Suares qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Bu orada mehmonlar bir marta "Barselona" darvozasiga yo‘l topishdi. Ammo qolgan daqiqalarda Lionel Messi yana 3 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Messi bu o‘yinda "poker"ni rasmiylashtirdi.

Argentinalik futbolchining Ispaniya La ligasi ushbu mavsumidagi gollari soni 9taga yetdi. "Barselona" esa 15 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etadi.

Ispaniya La ligasi, 5-tur
 Barselona – Eybar 6:1 (2:0, 4:1)
Gollar: 1:0 – 20, penalti Messi, 2:0 – 38 Paulinyo, 3:0 – 53 Denis Suares, 3:1 – 57 Enrik, 4:1 – 59 Messi, 5:1 – 62 Messi, 6:1 – 87 Messi.
Barselona – ter Shtegen, Maskerano, Din, Nelson Semedu, Pike, Inyesta (Serdji Roberto, 63), Buskets (Rakitich, 65), Denis Suares, Paulinyo, Deulofeu (Aleish Vidal, 75), Messi.
Eybar – Dmitrovich, Galves, Paulu Oliveyra, Junka, Kapa (Penya, 65), Dani Garsiya (Rivera, 77), Eskalante, Inui, Jordan, Arbilya, Enrik (SHarles, 72).
Ogohlantirishlar: Kapa (10), Galves (80).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:56, 20.09.2017.
O'qildi: 11363 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик