Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Xayrulla Hamidov: «Tushlarimda futbol sharhlaganman»

Xayrulla Hamidov: «Tushlarimda futbol sharhlaganman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Ko‘plab yosh jurnalistlar ustoz sifatida qaraydigan taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov televideniyega qaytdi. Mana, muxlislarimiz yana uning sharhlari ostida futbol tomosha qilishmoqda.

Oramizda Xayrulla aka sabab millionlar o‘yiniga oshufta bo‘la boshlaganlar bir talay. Chamasi 10 yil muqaddam bir kishi bilan suhbatlashganimda, u shunday degandi:

«Xayrulla Hamidov «Real» o‘yinini sharhlar ekan, zo‘r jumla ishlatdi - «Zidan o‘z texnikasi «qurboni»ga aylandi». Shuni eshitib, futbolga chinakamiga  muxlislik qila boshlagandim...».

 Bundaylar juda ko‘p va Xayrulla akaning intervyusi ularda katta qiziqish uyg‘otishi turgan gap.

QAYTISH

- Xayrulla aka, televideniyega qaytishingiz qanday ro‘y berdi? Bunday gap-so‘zlar ancha oldin urchigandi.

- Ha, bu borada harakatlar ancha oldin boshlangandi. Zero, har doim o‘zim uchun qadrdon kasbga qaytishni istaganman. O‘z o‘rnida davlatimiz rahbariga alohida rahmat aytmoqchiman. Hayotda turli holatlar bo‘ladi. Men ham og‘ir damlarni boshdan o‘tkazdim.

Prezidentimiz tavsiyalariga ko‘ra, turli «qora» ro‘yxatlar bekor qilindi va fuqarolarga istalgan sohada faoliyat yuritish imkoni berildi. Buning qadrini faqat boshidan o‘tgan odam biladi. Aynan shu qaror tufayli televideniyega qaytdim.

Mana, «Sport» va «Yoshlar» telekanallarida qayta faoliyat boshladim. Asosiy ishim «Sport»da, «Yoshlar»da esa hozircha bir marta ko‘rinish berdim. Ya’ni «Davr hafta ichida» ko‘rsatuvida 5 daqiqacha O‘zbekiston terma jamoasi o‘yiniga munosabatimni bildirdim.

- «Yoshlar» telekanalidagi kelgusi ishingiz qanday ko‘rinish oladi?

- Yaqin orada «Yoshlar» uchun ham futbol mavzusini qamrab olgan ko‘rsatuv tayyorlash niyatim bor. Ammo hozircha «Sport»da ish ko‘lami kattaligi bois, vaqt tig‘iz bo‘lib turibdi. Yaqinda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinlarini sharhladik. Afsuski, ular vakillarimiz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

TUSH

- Televideniyega qaytmay, boshqa sohada ishlashingiz ham mumkinmidi?

- To‘g‘risi, TVga qaytish fikri meni hech qachon tark etmagan va bunga har doim ishonardim. Chunki jurnalistikadan chetga chiqqanim yo‘q. Xususan, o‘tgan vaqt davomida radioda chiqishlar qilib turdim, ovozimni eshitishgan va futbolga tayyorligimni bilib, chaqirishgandir.

Demoqchimanki, jurnalistikaga dabdurustdan qaytganim yo‘q. Turli tadbirlarda ishtirok etdim, gazetalarda faoliyat yuritdim. Mana, yana TVdaman va buning uchun MTRK rahbariyatiga alohida rahmat.

- Ha, jurnalistikaning turli sohalarida ishlagansiz, ishlayapsiz - matbuot, internet, radio... Xo‘sh, sharhning ahamiyati qay darajada baland?

- To‘g‘risi, televideniyedan chetda yurgan vaqtlar hattoki, tushlarimda futbol sharhlaganman. Savolingizga bundan ortiq javob berolmasam kerak...

- «Sport»da qayta ishga kirishganingizdan buyon o‘zingiz uchun qaysi o‘yin eng muhimi bo‘ldi?

- Ahamiyat jihatidan olsak, mantiqan «Yuventus» va «Kalyari» o‘rtasida kechgan bahs 1-o‘rinda turishi lozim. Chunki aynan shu sharh bilan TVga qaytdim. Ammo terma jamoa o‘ynagan vaqt hammasi bir chetga surilishi turgan gap.

O‘yinga munosabat, hissiyot, kuzatish va mas’uliyat butunlay o‘zgaradi. Hattoki, qarashlar ham. Axir ikki begona klub o‘yinida xolislikni saqlab qolish muammo emas. Ammo Vataning jamoasi maydonga tushganida, hammasi o‘z-o‘zidan unutiladi.

Bunday o‘yinlarga juda nozik yondashish kerak. Barchasini xuddi oddiy bahsdagidek sharhlashga ming urinmang, tabiiy ravishda muxlis ko‘zi bilan qarash ehtiyoji tug‘iladi. Bu umuman boshqacha hissiyot.

- Uzoq vaqt televideniyedan chetda yurdingiz. Hamkasblar qanday kutib olishdi?

- Juda yaxshi. Ha, chamasi 10 yil davomida TVdan uzoqda bo‘ldim. Muhimi, hamkasblar qaytishimdan xursand ekanliklarini yashirishmadi. Ochig‘i, shuncha vaqt davomida xodimlar tarkibi uncha o‘zgarmagan. Ayniqsa, texnik xodimlar deyarli o‘sha-o‘sha.

Xullas, hamma iliq munosabatda bo‘ldi. «Sport» ham, «Yoshlar»da ham eski hamkasblar bilan samimiy ko‘rishdik. To‘g‘ri, yangi avlod nazdida katta odamdekman. Ammo tabiatan o‘zimni katta tutishni yoqtirmayman va ular bilan tezda kirishib ketdik.

Tan olaman, uzoq vaqt chetda qolganimning ta’siri yo‘q emas, baribir. Ba’zan avvalgidek faollik ko‘rsatmay qo‘ysam, boshqalar darrov dalda berishga harakat qilishmoqda: «Eski shijoat bilan yuravering, bu yerda hamma sizni biladi». Ammo ko‘nikishga baribir, biroz vaqt kerak, shekilli...

OLIY LIGA

- Xayrulla aka, nima uchundir avvalgi faoliyatingiz davomida oliy liga o‘yinlarini sharhlamagansiz...

- Nega endi? Ba’zi o‘yinlarni sharhlaganman.

- Muxlis sifatida faoliyatingizni uzoq vaqt kuzatganman va negadir oliy liga bahslarini sharhlaganingizni eslolmayapman...

- Ilgari «Yoshlar» telekanalida ishlaganimda, «Interfutbol» dasturiga Yevropa maydonlaridagi eng sara o‘yinlar tanlab berilardi. Shu bois, sharhlarim ko‘proq yevrofutbolga bog‘liq bo‘lgan.

«Sport» kanaliga o‘tganimdan keyin esa Yevropa milliy chempionati barobarida oliy liga o‘yinlari sharhiga ham qo‘yilganman. Ammo ko‘p emas, 2 yoki 3ta o‘yinni sharhlagandim.

- Sharhlovchi zerikarli tus olgan o‘yinga ham qiziqish uyg‘ota olishi kerak. Bu tushunchaga qanday qaraysiz?

- Shunday o‘yinlar bo‘ladiki, ular sharhlovchiga ozuqa beradi. Masalan, yaqinda «Yuventus»ning «Jenoa»ga qarshi o‘yinini sharhladim. Bunday uchrashuvlar yaxshigina masalliqni ta’minlaydi. Axir qiziqarli o‘yin har qanday holatda ham, o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

U shuningdek, sharhlovchiga ham ijobiy ta’sir qiladi. To‘g‘ri, ba’zan «Yaxshi sharhlovchi o‘yinni qo‘shimcha bezaydi», deyishadi, lekin ma’lum ma’noda shunday. O‘ta zerikarli o‘yinni qiziqarli qilib ko‘rsatish qiyin masala. Buning uchun avvalo, maydondagi futbolchilar harakat qilishlari lozim.

OG‘RIQLI MAVZU

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 05:46, 20.09.2017.
O'qildi: 6653 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.