Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘FF Rustam Bobomurodovni hakamlikdan chetlatdi

O‘FF Rustam Bobomurodovni hakamlikdan chetlatdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘i asosida Hakamlar va inspektorlar qo‘mitasining navbatdagi majlisi chaqirilib, unda Rustam Bobomurodovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi.

Shu yilning 16 sentyabrida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “Buxoro” - “Dinamo” uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodovning hakamligini O‘FF hakamlar va inspektor ilmiy-uslubiy ta’minoti bo‘limi ko‘rib chiqdi. Bo‘lim boshlig‘i Arslon Xatamov yakunda Rustam Bobomurodovga qoniqarsiz 4 ball qo‘ydi.

Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi boshlig‘i Noil Lutfullin qo‘mita yig‘ilishida so‘zga chiqib Rustam Bobomurodov masalasi bo‘yicha “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi” asosida qaror qabul qilishni taklif qildi. Natijada Oliy liganing 21-tur o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan “Buxoro” - “Dinamo” o‘yinida bir necha jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan Rustam Bobomurodovning xizmat haqi yuz foizga kamaytirilib, hakamlikdan butunlay chetlatildi.

Alohida qayd etish kerakki, so‘nggi paytlarda O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasiga Rustam Bobomurodovning masalasi yuzasidan qanday qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi murojaatlarning oqimi kuchaygan edi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:33, 20.09.2017.
O'qildi: 9697 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик