Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

FIFA O‘zbekiston futboliga 3,5 million dollar o‘tkazib beradi

FIFA O‘zbekiston futboliga 3,5 million dollar o‘tkazib beradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi.

FIFA qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, FIFA 2018 yilning oxirigacha O‘zbekiston futboliga 3.5 million AQSH dollari, 2019 yilda esa yana 1.5 million dollar O‘FF hisobiga o‘tkazib beriladi.

Futbol Federasiyasining barcha turdagi faoliyatini, ayniqsa, moliyaviy jihatdan shaffoflashtirish bo‘yicha yangi strategik reja barpo qilayotgan Umid Ahmadjonov FIFA rahbari bilan “Forvard” loyihasi bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

“Bu pullar qayerdan keladi?” degan savolga O‘FF matbuot xizmati FIFAga yangi prezident bo‘lib saylangan Kongressda Janni Infantino tomonidan so‘zlangan nutqni javob tariqasida keltirdi.

“Meksikada bo‘lib o‘tgan Kongressda Infantino FIFAning daromadi unga a’zo federasiyalarga taqsimlab berilishi kerakligini baralla aytgan edi. Ana shu gaplarning isboti tariqasida Infantino yangi rivojlantirish loyihasini ishga tushirdi. Mazkur loyiha doirasida FIFAga a’zo har bir federasiya, shu jumladan O‘zbekiston ham, 4 yil muddatga 5 million AQSH dollari miqdorida pul oladi. Bu pullar FIFAning “Forvard” loyihasi reglamentida aytib o‘tilganidek federasiyaning ishini yuritish, ma’muriy boshqaruv ishlari, shuningdek, terma jamoalar, Respublika miqyosidagi musobaqalarni o‘tkazish, veb-sayt ishlarini takomillashtirish kabi alohida belgilab qo‘yilgan ishlarga sarflanishi kerak.Amaliy ishlar tugagach, FIFA 5 million AQSH dollarini 4 yil ichida o‘rnatilgan tartibda federasiyalarga audit asosida o‘tkazib beradi.”

Alohida ta’kidlash kerakki, Umid Ahmadjonovning FIFA bilan muzokaralari natijasida maxsus loyihalar uchun FIFA bilan 2017-2018 yilgi davrga 1,5 million AQSH dollari miqdorida shartnoma imzolanadigan bo‘ldi. Ahmadjonovning topshirig‘i asosida Toshkentda ushbu shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha ishchi guruhi tuzilib, unga belgilangan muddat ichida barcha xujjatlarni Syurixga yuborish vazifasi birlamchi qilib qo‘yildi. Bundan tashqari 2016 yilgi maxsus loyihalar uchun o‘z hisobidan mablag‘ ishlatib turgan O‘FFga harajatlarni qoplash maqsadida 1 million AQSH dollarini o‘tkazib beriladigan bo‘ldi. Janni Infantino kelgusida FIFAning futbolni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliyaviy grant dasturlarida O‘zbekistonning faol ishtirok etishiga umid bildirdi.

Umid Ahmadjonov va Janni Infantino o‘rtasidagi suhbatda FIFAning “Gol-4” loyihasi bo‘yicha O‘FFning hisob raqamiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mablag‘larni kechiktirmasdan olish, milliy terma jamoaga avtobus sotib olish uchun ajratiladigan mablag‘ning miqdorini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

“Gol-4” loyihasi FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter davridagi rivojlantirish loyihalarining oxirgisi bo‘lib, uning doirasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasiga 500,000 AQSH dollari miqdorida mablag‘ beriladi.Bu pullarning bir qismi allaqachon O‘zbekiston Futbol Federasiyasi binosini qayta ta’mirlash uchun ishlatilgan. Qolgan qismi esa milliy terma jamoaga yangi avtobus sotib olish uchun sarflanadi. Shu tariqa O‘FF FIFAning “Gol” loyihalaridagi ishtirokini tamomlaydi.

“Biz O‘zbekiston Futbol Federasiyasining faoliyatini shaffoflashtirish orqali ishqibozlarning mamlakatimiz futboliga bo‘lgan hurmat va e’tiborini, ishonchini qaytarishni maqsad qildik. Federasiya endilikda, barcha turdagi faoliyatlar, shu jumladan, moliyaviy operasiyalar haqida vaqti-vaqti bilan hisobot berib turadi”, - deydi Umid Ahmadjonov Infantino bilan uchrashuvdan keyin O‘FF matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: darakchi.uz
Kiritildi: 20:40, 21.09.2017.
O'qildi: 8183 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик