"Atletiko" klubi rasmiy tvitter sahifasi "Chelsi" hujumchisi Diyego Kosta transferi haqida e’lon qildi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, "matraschilar" 28 yoshli futbolchi uchun 60 mln yevro to‘laydigan bo‘ldi.
Yaqin orada u tibbiy ko‘rikdan o‘tib, jamoa bilan shartnoma imzolaydi. Ammo, transfer taqiqi tufayli, 2018 yil yanvar oyiga qadar "Atletiko" safida maydonga tusholmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kosta "Chelsi" klubida 2014 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. U jami 120 o‘yinda maydonga tushib, 58ta gol urgan.