Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 4-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika - Real Madrid
18/02 01:00 Monako - PSJ
18/02 01:00 Borussiya D - Atalanta

Sherzod Jalilov: “Farg‘onaga g‘alaba uchun keldik”

Sherzod Jalilov: “Farg‘onaga g‘alaba uchun keldik”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Oliy liganing 22-turida “So‘g‘diyona”  “Neftchi” ga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahs oldidan "Sug‘diyona" himoyachisi,ko‘plab jizzaxlik muxlislarning olqishlarga sazovor bo‘lgan Sherzod Jalilov bilan suhbat qilishga qaror qildik.

Sherzod,avvalambor futbolga qanday kirib kelgansiz va murabbiylaringiz kim bo‘lgan?

—  Futbolga 10 yoshimda kirib keldim. Birinchi murabbiyim Ahmadjon Sagdiyev bo‘lganlar va ularni mehnatlari tufayli ko‘p zafarlarga erishdim. 2008 yilda “Bunyodkor” o‘rinbosarlari tarkibiga chaqirildim. Hikmat Ergashev qo‘l ostida futbolning ko‘pgina  sir asrorlarini o‘rgandim. Ularga katta rahmat aytaman.

“Obod” tarkibida ko‘p yillar davomida to‘p tepdingiz. Shuncha yil o‘tib, bu klubdan ketish qiyin bo‘lmadimi?

-“Obod”dan ketish juda qiyin bo‘ldi. Chunki,bu klubni ikkinchi ligadan oliy ligaga olib chiqdik. Buning o‘zi bo‘lmadi. Moliyaviy sharoitlar tufayli jamoa so‘nggi pog‘onalarda bormoqda. Andrey Demchenko qisqa vaqt ichida jamoada o‘zgarishlar qildi. Jamoa ancha shakillandi. O‘ylaymanki,jamoaning g‘alabalari hali oldinda. “Obod” oliy ligada qolishini juda xoxlayman va jamoa buni uddalaydi degan umiddaman. “Obod” ning keyingi o‘yinlariga omad tilayman.

So‘g‘diyona”ga kelishingiz qanday bo‘lgan va jamoaga kelib, o‘z oldingizga qanday maqsadlar qo‘ydingiz?

-Jamoaga birinchi davra tugamasidan oldin Davron Fayziyev chaqirgan edi. Bu taklifni xech ikkilanmasdan qabul qildim. Jamoadoshlarim meni yaxshi kutib oldi. Boshida ko‘nikish qiyin bo‘ldi. Hozirda jamoa bilan bir oiladekmiz. “So‘g‘diyona”ga kelib,jamoa bilan birgalikda g‘alabalarga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Yutuqlarga erishib,eng avvalo yanada o‘smoqchiman.

Oliy liganing 22-turida “So‘g‘diyona” safarda “Neftchi” mehmoni bo‘ladi. O‘yin borasida qanday fikrdasiz?

-“Qizilqum” bilan durangdan so‘ng g‘alaba biz uchun zarur. Bu onson bo‘lmaydi albatta. Farg‘onaga g‘alaba uchun keldik. Xudo xoxlasa,3 ochkoni qo‘lga kiritib muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddamiz. Bizni faqat g‘alaba qoniqtiradi.

Jizzaxlik muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

-Bizni g‘alabali va mag‘lubiyatli o‘yinlardan so‘ng birdek qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Shu muhlislar bor ekan biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Xudo xoxlasa ularni  o‘z g‘alabalarimiz bilan xursand qilamiz. 

«So‘g‘diyona» matbuot  kotibi Dildora Xolboyeva

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 22:03, 21.09.2017.
O'qildi: 3231 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.