Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Abdurahmon Fozilov O‘zbekiston terma jamoalar fan-klubi raisligidan ketdi

Abdurahmon Fozilov O‘zbekiston terma jamoalar fan-klubi raisligidan ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston terma jamoalar fan-klubi raisi Abdurahmon Fozilov faoliyatini yakunlashi haqida ma’lum qildi.

«Bundan roppa-rosa 10 yil oldin: «Yaqinda Rauf Inileev qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasiga qarshi muhim o‘yinda maydonga tushadi, shu muhim o‘yinda o‘yinda fan-klub tashkil qilib, jamoani chiroyli qo‘llab-quvvatlab bera olasizlarmi?» — deb meni O‘zbekiston futbol federasiyasiga chaqirishgan edi va 7 kun ichida tayyorgarlik ko‘rib, 300 kvadrat metrli bayroq tiktirgan edim. Fan-klubga bir xil futbolka va sharflar ham tarqatilgan edi. Milliy terma jamoamiz esa 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘sha o‘yinda o‘n minglab muxlislar MHSK stadioniga kira olmay, ko‘chada qolib ketishgan edi», — deb hikoya qiladi u.

O‘sha kundan beri mana 10 yil davomida xoh uyda, xoh xorijda bo‘lsin, muxlislarimiz bilan yelkama-elka turib, bir tanu bir jon bo‘lib, milliy terma jamoalarimizni qo‘llab-quvvatlab kelmoqdamiz.

Qorli kunlaru, jazirama issiqda, yomg‘iru sovuqda, vatanimizning birinchi raqamli jamoasini haqiqiy 12-o‘yinchisi bo‘ldik. Fan klub o‘z yo‘liga, o‘yin davomida sizlarni oldingizga borganimda va barchamiz bir bo‘lib g‘alaba sari chorlaganlarimiz va siz aziz muxlislarni qo‘llab-quvvatlashinganingiz uchun barchangizga bosh egib, minnatdorchilik bildiraman.

Ha, biz g‘oliblik gashtini ham surdik, mag‘libiyat alamini ham torib ko‘rdik... Nima bo‘lganida ham, vatanimiz bitta va milliy termamiz ham xuddi yuragimiz kabi bitta. Uni doimo ardoqlashdan charchamaymiz.

Rosti, terma jamoamizning so‘nggi o‘yinlari dilni juda ham og‘ritdi. Biroq, ishoning, futbolchilarimiz borini berishdi, chunki hech qaysi bir futbolchi yarim kuchda o‘ynayman, deb maydonga tushmaydi! Xatoni boshqa joydan izlashimiz darkor.

Xudo xohlasa, Futbol federasiyasining yangi rahbariyati yeng shimarib, ishni qizg‘in boshlab yuborishgan. O‘ylaymanki, 2016 yil Umidjon Muhammadjonovich Ahmadjonov rahbarligidagi  paraolimpiya terma jamoamizning 31 a’zosi bilan Paralimpiadada 32 medal olishganidek, futbol bo‘yicha terma jamoalarimiz — barcha yoshlar va asosiy jamomiz albatta maqsadlariga erishadi.

Lekin Koreyaga qarshi so‘nggi o‘yinda sezdimki, men charchabman, shu yillar davomida kuchimning boricha harakat qildim. Bilaman, sizlarning har biringiz har qanday fan-klubdan qolishmadingiz. Chunki har biringiz shu aziz vatan uchun joningizni berishga tayyorsiz!

Men esa o‘z ixtiyorim bilan terma jamoalar muxlislar klubi rahbarligidan ketish istagimni bildiraman. Chunki yoshlarga yo‘l ochish har birimizning burchimizdir. Masalan, «Paxtakor» fan klubida Javohirbek, «Andijon»da Nodirbek, «Qizilqum»da Shuhratjon, «Qo‘qon»da Ilhomjon va Qahramonjon... Sanasak sanog‘iga yetmaymiz. Ularning barchasi terma jamoa fan klubiga rahbarlikka loyiq.

Ammo lekin bu «Bo‘ldi endi, o‘z ishimni qilib yuraveraman va futbolga befarqman», degani emas. Men so‘nggi nafasimgacha tish tirnog‘im bilan yurt sha’nini himoya qilaman, Alloh bergan umrimni bir qismi oilam bo‘lsa, boshqa qismi futbol va albatta, Vatanim bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishga bag‘ishlayman.

Ahir bejizga 2016 yil 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov menga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi unvonini bermagan, men bu ishonchni albatta oqlashim kerak!

Baxt va omad siz va bizni aslo tark etmasin! Olg‘a, O‘zbekiston!

Barchangizga sihat salomatlik tilab, Abdurahmon Fozilov.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 14:55, 22.09.2017.
O'qildi: 5400 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.