Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Prezident almashgach, O‘FF hisob raqamiga kelib tushadigan pullar haqida axborot berishni boshladi

Prezident almashgach, O‘FF hisob raqamiga kelib tushadigan pullar haqida axborot berishni boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan kecha — 21 sentyabr kuni uchrashib, bir qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishgandi. Ular orasida Xalqaro futbol uyushmasining O‘zbekistonga beradigan moddiy ko‘magi masalasi ham bor.

Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti bilan uchrashdi. Kichik mundiallar O‘zbekistonda o‘tishi mumkin

O‘FFni moliyaviy shaffoflashtirish bo‘yicha yangi strategik reja barpo qilayotgan Umid Ahmadjonov FIFA rahbari bilan «Forvard» loyihasi bo‘yicha muzokara olib bordi. Natijada FIFA 2018 yil oxirigacha O‘zbekiston futboliga 3,5 million AQSH dollari, 2019 yilda esa yana 1,5 million dollar o‘tkazib beradigan bo‘ldi, deb ma’lumot berdi federasiya matbuot xizmati.

Xo‘sh, bu pullar qayerdan keladi? FIFA prezidenti bo‘lib saylangach, Janni Infantino tashkilotning daromadi unga a’zo federasiyalarga taqsimlab berilishi kerakligini baralla aytgandi. Ana shu gaplarning isboti tariqasida Infantino yangi rivojlantirish loyihasini ishga tushirgan. Unga ko‘ra, FIFAga a’zo har bir federasiya, shu jumladan O‘zbekiston ham 4 yil ichida 5 million AQSH dollari miqdorida pul oladi. Bu pullar FIFAning «Forvard» loyihasida aytib o‘tilganidek, federasiya ishini yuritish, ma’muriy boshqaruv ishlari, shuningdek, terma jamoalar, respublika miqyosidagi musobaqalarni o‘tkazish, veb-sayt ishlarini takomillashtirish kabi alohida belgilab qo‘yilgan missiyalarga sarflanishi kerak. FIFA bu pulni 4 yil ichida federasiyalarga audit asosida o‘tkazib beradi.

Muzokaralari natijasida Umid Ahmadjonov 2017—2018 yilgi maxsus loyihalar uchun FIFA bilan 1,5 million dollarlik shartnoma imzolaydigan bo‘ldi. Endi Toshkentda ushbu shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha ishchi guruhi tuziladi va belgilangan muddat ichida barcha xujjatlar Syurixga yuboriladi. Bundan tashqari, 2016 yilgi maxsus loyihalar uchun o‘z hisobidan mablag‘ ishlatib turgan O‘FFga, harajatlarini qoplash maqsadida yana 1 million dollar o‘tkazib beriladi. Infantino FIFAning futbolni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliyaviy grantlari kelgusida O‘zbekiston uchun faol bo‘lishiga umid bildirdi.

Ahmadjonov va Infantino FIFAning «Gol—4» loyihasi bo‘yicha O‘FF hisob raqamiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar kechikmasligi, milliy terma jamoaga avtobus sotib olish uchun ajratiladigan mablag‘ miqdorini oshirish kabi masalalarni ham muhokama qilgan.

«Gol—4» FIFA sobiq prezidenti Zepp Blatter davridagi so‘nggi loyihalardan biri bo‘lib, uning doirasida O‘FFga 500.000 dollar beriladi. Bu pullarning bir qismi allaqachon O‘FF binosini qayta ta’mirlash uchun ishlatilgani ma’lum qilindi. Qolgan qismi esa milliy terma jamoaga yangi avtobus sotib olish uchun sarflanadi. Shu tariqa tashkilot FIFAning «Gol» loyihalaridagi ishtirokini tamomlaydi.

"Biz O‘FF faoliyatini shaffoflashtirish orqali ishqibozlarning mamlakat futboliga bo‘lgan hurmat va e’tiborini, ishonchini qaytarishni maqsad qildik. Federasiya endilikda barcha turdagi faoliyat, shu jumladan, moliyaviy operasiyalar haqida ham vaqti-vaqti bilan hisobot berib turadi" - Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti.

Umid Ahmadjonov boshchiligidagi O‘FF delegasiyasi Shveysariyadan Toshkentga shu hafta oxirida qaytib keladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:22, 22.09.2017.
O'qildi: 9055 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.