Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Buxoro»ning 300ta g‘alaba marrasi

«Buxoro»ning 300ta g‘alaba marrasi

Baho:
+ | -

7 sentyabr kuni 20-tur doirasida «Neftchi» mehmoni bo‘lgan «Buxoro» klubi o‘z tarixida milliy chempionatimiz oliy ligasida 300-g‘alabasini nishonladi.

Qadim shahar  jamoasi bu borada oliy liganing 5-ishtirokchisidir («Paxtakor», «Neftchi», «Navbahor», va «Nasaf»dan keyin).

Buxoroliklar keyingi mavsum startida 750ta o‘yin marrasini ham zabt etishadi. Biz esa hozircha 300-g‘alaba munosabati bilan klub tarixiga birrov nazar solishni ma’qul ko‘rdik.

*** O‘tgan asrning 60-yillarida Buxoro viloyati sharafini shu nomdagi jamoa himoya qilardi. Keyinchalik klub «Fakel» nomi ostida 2 mavsum o‘ynadi. 1989 yilga kelib, Buxoroda yangi jamoa - «Nurafshon»­ga asos solindi. Buxoro futboli tarixidagi eng yuqori natijalarni aynan shu klub qayd etdi.

*** «Nurafshon» 1992 yilning 28 mart kuni o‘z maydonida Andijonning «Navro‘z» klubiga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobiga rozi bo‘ldi. Bu klubning oliy ligadagi birinchi o‘yini edi. 90-yillarda har tomonlama baquvvat sanalgan «Paxtakor» va «Neftchi» jamoalarining mavsum-92dan e’tiboran yo‘lga qo‘-yilgan oliy ligada raqiblarga hech qanday imkoniyat qoldirmay, g‘oliblikka erishishi taxmin qilingandi.

Muhimi, «Nurafshon» ilk mavsumda bo‘lg‘usi chempionlarga yetarli tashvish tug‘dirgan holda, musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egalladi. O‘shanda buxoroliklarning 3-o‘rinni qo‘lga kiritishlari uchun 1 ochko yetmagandi.

*** 1995 yilgi mavsum «Nurafshon» uchun ajoyib boshlandi. Ketma-ket g‘alaba qozongan jamoaning chempionlik kurashida farg‘onaliklarga asosiy raqib bo‘lishi tayin edi. Ammo 18-tur doirasida Buxoroda «Yangiyer»ga qarshi kechgan o‘yin viloyat futboli uchun nafaqat o‘sha mavsum, balki so‘nggi 20 yildagi ulkan burilish nuqtasiga aylandi.

Noxush voqea sababini o‘rganib chiqqan federasiya «Nurafshon»ni chempionatdan chetlatishga qaror qildi va qolgan 12ta o‘yinda uning raqiblariga 3:0 hisobida texnik g‘alaba yozildi. Eng qizig‘i shuki, ketma-ket 12ta o‘yinda mag‘lubiyatga mahkum etilgan jamoa yakunda 40 ochko bilan kuchli beshlikda qoldi.

*** «Buxoro» o‘z tarixidagi eng yomon natijalarni 2008 va 2009 yillarda qayt etdi. Ularning birinchisida jamoa 16ta ishtirokchi orasida 15-o‘rinni band etdi va reglamentga muvofiq, birinchi ligaga ravona bo‘lishi kerak edi. Biroq quyi divizionda elita yo‘llanmasini qo‘lgan kiritgan jamoalardan biri musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgach, «Buxoro» kuchlilar qatorida qoldirildi. Ammo buxoroliklar bu imkoniyatdan foydalanolmay, 2009 yilgi mavsum yakunida o‘z natijalarini yanada pasaytirishdi - so‘nggi 16-o‘rin. Bu safar «Buxoro»ga qandaydir imtiyoz berilmadi va u ilk marta birinchi ligaga tushib ketdi.

300ta g‘alaba xronikasi

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 02:19, 24.09.2017.
O'qildi: 3478 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.