«Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil 2018 yil yozida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Angliya matbuoti xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi "kanonirlar" bilan imzolagan shartnomasini yangilashni istamayapti.
U erkin agent sifatida "Arsenal"ni tark etib, "Manchester Yunayted"ga o‘tishni xohlamoqda.
Ma’lumki, O‘zil "qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyo bilan "Real"da birga ishlagan edi.