Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Shavkat Raimqulov: «Futbolchilik faoliyatimdan ko‘nglim to‘lmagan»

Shavkat Raimqulov: «Futbolchilik faoliyatimdan ko‘nglim to‘lmagan»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Futbolchilik davrida tajribali himoyachi sifatida tanilgan Shavkat Raimqulov bugungi kunda murabbiylik faoliyatini olib boryapti.

O‘tgan yili butsalarini mixga ilgan Raimqulovning katta futboldagi so‘nggi jamoasi «Lokomotiv-BFK» bo‘ldi. Hozirda u Toshkent viloyati ikkinchi ligasi vakili bo‘lgan «Ohangaron» klubida bosh murabbiylik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi suhbatdoshimiz o‘z vaqtida «Traktor», «Navbahor», «Andijon», «Bunyodkor», «Nasaf», «Sho‘rtan», «Oq-tepa» kabi ja-moalarda ham to‘p surgan.

- Shavkat, hozir nimalar bilan bandsiz? Futboldan uzoqlashib ketmadingizmi?

- Yo‘q, albatta. Futboldan shunchaki ketib bo‘lmaydi. Chunki sportning bu turi hayotim mazmuniga aylangan. Shu kungacha nimaga erishgan bo‘lsam, hammasi millionlar o‘yini ortidan: do‘st orttirdim, turmush qurdim. Ozmi-ko‘pmi, muxlisga ega bo‘ldim. «Bunyodkor», «Nasaf» kabi mamlakatimizning yetakchi klublari safida o‘ynadim.

Bugungi kunda Toshkent viloyati chempionati, ya’ni ikkinchi ligada ishlayapman. Aniqrog‘i, «Ohangaron» jamoasi bosh murabbiyiman. Bundan tashqari, shu klubimiz o‘ynaydigan stadion direktori lavozimida ham ishlayapman.

- Futbolchilik faoliyatingizdagi so‘nggi jamoa qaysi edi? Umuman, butsani mixga ilish oson bo‘lmagandir?

- Xuddi shunday. Sevimli kasbdan ketish qiyin. Buni futbolchilar juda yaxshi bilishadi. Lekin har bir narsaning boshlanishi bo‘lganidek, yakuni ham bor. O‘z vaqtida yoshlarga joyni bo‘shatib berish kerak. Oliy ligadagi so‘nggi jamoam «Buxoro» bo‘ldi. Faoliyatimni esa «Lokomotiv-BFK» klubida yakunladim. Yuqorida aytganimdek, futboldan uzoqlashib ketganim yo‘q. Bugungi kunda o‘zimni murabbiy sifatida sinab ko‘ryapman.

Hozirdan aytishim mumkin, bu oson kasb emas ekan. O‘yinchilik davrimda maydonda asosiy e’tiborni himoyaga, raqib futbolchilarini o‘tkazib yubormaslikka qaratardim. Murabbiy esa klubdagi barcha narsaga, xususan, natijaga javobgar bo‘lar ekan.

Bejizga g‘alaba futbolchiniki, mag‘lubiyat murabbiyniki, deyishmaydi. Lekin juda ham qiziq soha. Futbolchilik davrimda mahoratli murabbiylar qo‘l ostida o‘ynadim. Ulardan olgan bilim va ko‘nikmalarimni hozir futbolchilarga berishga harakat qilyapman.

- Turli yillarda «Bunyodkor», «Nasaf» kabi yurtimizning grand klublari safida o‘ynadingiz. Ortga nazar tashlab, futbolchilik faoliyatingizdan ko‘nglingiz to‘lyaptimi? Yoki ushalmay qolgan orzularingiz bormi?

- Ochig‘ini aytaman, futbolchilik faoliyatimdan ko‘nglim to‘lmagan. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Ularni birma-bir sanab, doston qilish niyatim yo‘q. Juda ko‘p jarohatlarga uchradim.

Himoyachining boshqa chiziq vakillariga qaraganda shikastlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Lekin umumiy olganda, o‘yinchilik davrim yomon o‘tmadi. Faoliyatim 2000 yili Angrenning «Semurg‘» klubida boshlangan. 2001 yili shu jamoa tarkibida 22ta o‘yinda maydonga tushdim. 2002 yili Navoiyning «Zarafshon» klubiga o‘tdim. Keyingi mavsum «Traktor»ga taklif qilishdi.

- «Bunyodkor»ga kim chaqirgandi?

- «Andijon» jamoasida o‘ynab yurgan kezlarim «Bunyodkor»dan taklif bo‘lgandi. Shaxsan Mirjalol Qosimovning o‘zi qiziqish bildirgandi. Undan bir yil avval Amet Memet ham «qaldirg‘ochlar» safiga chaqirgandi. Ammo o‘shanda ma’lum sabablarga ko‘ra «Andijon»da o‘ynagandim. «Bunyodkor» bilan birga MDH kubogida ishtirok etganman.

- «Ohangaron» jamoasida qanday paydo bo‘ldingiz? Kim taklif qildi?

- O‘zim ohangaronlikman. Futbolchilik faoliyatim yakunlanganidan ke-yin rahbariyat tomonidan taklif bo‘ldi. O‘zim tug‘ilib-o‘sgan shahar jamoasiga yordam berishni maqsad qilib yurgandim. Chorlov bo‘lishi hamono ortiqcha ikkilanmay rozilik berdim. Shu orqali qaysidir ma’noda o‘z burchimni bajarsam kerak, deb o‘yladim.

- Jamoangizning yakunlangan chempionatdagi ishtirokidan ko‘nglingiz to‘ldimi? Real holatda bu ijobiy natijami?

- «Ohangaron» ikkinchi ligada 4-o‘rin bilan kifoyalandi. Bu albatta, ijobiy natija emas. Yanada yuqoriroq pog‘onani egallashimiz mumkin edi. Muammolar va boshqa sabablar tufayli shu bilan cheklandik.

- Jamoa oldiga birinchi ligaga chiqish vazifasi qo‘yilganmidi?

- Bunday vazifa yo‘q edi. Klubda moliyaviy muammolar bor. Yaxshi homiy bo‘lmasa, katta natijalarga erishish qiyin. Agar kelasi mavsum uchun homiy topa olsak, albatta, jamoani birinchi ligaga olib chiqishga harakat qilamiz. Toshkent viloyati ikkinchi ligasida «Ahmad Yassaviy» klubi birinchi o‘rinni egalladi va endi viloyatimiz nomidan «pulka» bahslarida ishtirok etadi.

- Oliy ligani ham kuzatib kel-yapsizmi?

- Albatta. Birinchi galda o‘zim o‘ynagan klublarning o‘yinlarini tomosha qilaman. Turnir jadvalidagi holatlari bilan qiziqaman. Joriy yil oliy liga bahslari boshqacha o‘tyapti. Raqobat juda kuchli. «Buxoro», «Qo‘qon-1912» jamoalari chin ma’noda kashfiyotga aylanishdi.

O‘ylaymanki, mavsum oxirigacha intriga saqlanib qoladi. «Lokomotiv» ta’qibchilaridan sezilarli farq bilan o‘zib ketganiga qaramay, hali chempion nomi ma’lum deyishga erta. Har qanday holat ro‘y berishi mumkin.CHempionat kuchaysa, bundan birinchi galda milliy termamiz manfaatdor bo‘ladi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:52, 25.09.2017.
O'qildi: 3184 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.