Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Ashgabat–2017: O‘zbekistonlik sportchilardan faqat oltin kutamiz!

Ashgabat–2017: O‘zbekistonlik sportchilardan faqat oltin kutamiz!

Baho:
+ | -

Turkmanistonda Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. 
Avvalroq, o‘zbek milliy kurashi vakillari O‘zbekiston delegasiyasisiga medallar shodasini taqdim etishgani haqida xabar bergandik.
Endilikda O‘zbekiston delegasiyasining kecha, 24 sentyabr kuni erishgan natijalari bilan tanishtirib o‘tishni lozim topdik.
Demak, sambo bo‘yicha vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida o‘zbekistonlik sportchi Sarbon Ernazarov mo‘g‘ulistonlik Tseden Rakxanjav, turkmanistonlik Muhammad Ko‘ssekov, so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Bekmurod Meredovni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. 90 kilogrammgacha vazn toifasida mahoratli polvon Ne’mat Yoqubovga esa teng keladigani topilmadi.
Sambo bahslarida Rahmatjon Ahmedov kumush, Islomjon Azimov, Lutfilla Saydamatov, Istam Qudratov, Nodira Gulova, Gulnoza Ziyoyeva o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov final bellashuvida eronlik Husain Chamazkoti Ilyosni 12:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 57 kilogrammgacha vazn toifasida Mahmudjon Shavkatov qozog‘istonlik Gabit Tolepboyni 6:2 hisobida yengdi. Shu tariqa Bekzod va Mahmudjon terma jamoa hisobiga navbatdagi oltin medallarni qo‘shib qo‘yishdi.
Og‘ir atletika bahslarida Ivan Yefremov dast ko‘tarishda 190 kilogrammlik, siltab ko‘tarishda esa 221 kilogrammlik shtangani bo‘ysundirdi va yakunda umumhisobda 411 kilogramm natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
Shuningdek Farhod Sobirov 391 kilogramm, Omadoy Otaqo‘ziyev 231 kilogramm natija bilan kumush medalni ko‘lga kiritdi. Yana bir og‘ir atletikachi Dolera Davronova bronza medal bilan taqdirlanishdi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning yarim finalida Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, finalda Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.
Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi medallar sifati bo‘yicha 2-o‘rinni, medallar soni bo‘yicha esa 4-o‘rinni egallab turibdi. Umumjamoa hisobida hozircha 21 oltin, 28 kumush, 57 bronza — jami 106 medallar mavjud bo‘lib, musobaqa mezboni Turkmaniston delagasiyasida 79 ta oltin, 58 ta kumush, 69 ta bronza — jami 206 ta medal bor.
Undan keyingi o‘rinda joylashgan xitoylik sportchilar 23-21-17 ko‘rsatkich bilan 61 ta medal to‘plashgan. 3-o‘rindagi Eron terma jamoasi 22-18-49 natija bilan 89 ta medal jamg‘arib turishibdi.
O‘zbekistondan bir o‘rin pastda joylashgan Qozog‘iston terma jamoasi sportchilari 20 ta oltin 18 ta kumush va 27 ta bronza medallarga ega bo‘lishgan. Bu esa O‘zbekiston delegasiyasi sportchilari bugungi bellashuvlarda faqat oltin medallar olishga jiddiy harakat qilishlari kerakligini bildiradi. Chunki Qozog‘iston terma jamoasi oltin medallar jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekistondan atigi bitta medalga ortda borishmoqda.
 

 
O‘zbekiston terma jamoasiga omadli yurishlari davom etishini tilab qolamiz.
Musobaqalar davom etadi...

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 14:16, 25.09.2017.
O'qildi: 11047 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.