Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

O‘FFga talab va taklif

O‘FFga talab va taklif

Baho:
+ | -

O‘zbek futbolida katta o‘zgarishlar kutilyapti. Har holda bizga shunday va’da berishgan.

Agar ko‘p hurmatli O‘zbekiston futbol federasiyasining yangi rahbariyati boshlagan tashabbus shunchaki ish boshida o‘zini ko‘rsatish bo‘lmasa, yaqin vaqtlar ichida ko‘p yangiliklar eshitib qolishimiz kerak.

Shunday tashabbuslardan biri - O‘FF prezidentining virtual qabulxonasi ish boshladi. Shu bilan birga matbuot uchun telegramda alohida guruh ham ochildiki, maqsad - jurnalistlar taklifini bevosita O‘FF prezidentiga yetkazishdan iborat.

Chunonchi, ushbu maqolaning bir nusxasi ham o‘sha kanal orqali yuboriladi. Yuborish ish emas, muhimi - manzilga yetib borsa bo‘lgani.

TAKLIF

Aslida buni taklif emas, balki «takrorlash» desak to‘g‘riroq bo‘lar edi. Boisi o‘zbek futbolida bunga qadar aytilgan gaplar shu qadar ko‘pki, qay biridan boshlashni ham bilmaysan. Takliflarning bari avval ham bildirilgan, ammo eshitadigan odam bo‘lmagan. Endi eshitadigan topilgan ekan, shunchaki, yana bir bor takrorlab o‘tamiz, xolos.

Hozir ko‘pchilikning e’tibori O‘zbekiston terma jamoasiga qaratilgan va tabiiyki, eng avvalo, xorijdan yangi bosh murabbiy taklif etilishini istamoqda. Ammo shoshilmang, ishoning, aynan hozir bu masala birinchi o‘rinda turgani emas. Terma jamoa endi biror yil dam oladi. Ungacha xorijdan murabbiy olib kelish qochmas. Hozir har qancha ish bo‘lsa, oliy ligadan ortmaydi.

OLIY LIGA

O‘zbekiston chempionati so‘nggi yillarda biroz jonlangandek. Har holda kelishilgan o‘yinlar avvalgidek ochiqchasiga o‘tkazilmayapti va biz «murosasiz» deb atashga o‘rganib qolgan bahslar soni oshgandek. Ammo «murosali» o‘yinlar mutlaqo yo‘q bo‘lib ketdimi? Yo‘q. Qo‘lni ko‘ksimizga qo‘ygan holda tan olamiz, oxirgi ikki yilda kelishilgan o‘yinlar balosi darhaqiqat kamaydi. Ammo barham topmadi. Buni Odil Ahmedov ham aytib o‘tgan edi. Ahrol Inoyatovga bo‘lgan hurmatni saqlagan holda tan olish lozim, Odil - haq.

Ahrol Inoyatov o‘tgan uch yil davomida yomon ishlamadi. Har holda kelishilgan o‘yinlarni kamaytirdi. Ammo yo‘q qila olmadi. Nima uchun? Chunki uning ish uslubi topish va jazolash emas, balki tarbiyalashdan iborat. «Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash qo‘mitasi» borini yashirib, yo‘g‘ini oshirib ko‘rsatadi. Kimdir noinsoflik qilsa, uni jazolamaydi. Balki insofga chaqirib, nasihat qiladi. Bu ham yaxshi, albatta. Ilgari «shahar bedarvoza» vaqtida bilganini qilganlar hozir biroz tortilib qolgan. Ammo «qilig‘ini qo‘ymaganlar» ham talaygina. Xo‘sh, o‘zbek futbolini «kelishuvchilik» balosidan qutqarish uchun nima qilish kerak?

Javob oddiy. Kelishilgan o‘yin  avvalo, qoidabuzarlikdir. Shunday ekan, unga qonun buzilishi sifatida qarashni o‘rganish kerak. Agar biz kelishilgan o‘yin ishtirokchilarini qoidabuzar sifatida ko‘radigan bo‘lsak, demak jazolashni ham o‘rganamiz. O‘FF vise-prezidentlaridan biri IIV tizimida faoliyat yuritadi. Demak, «Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash qo‘mitasi»ning ish uslubini ham o‘zgartirish kerak.

HAKAMLAR

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:04, 26.09.2017.
O'qildi: 4157 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.