Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Vladimir Bayenko: “Buxoro”ga kelganimdan afsuslanmayman”

Vladimir Bayenko: “Buxoro”ga kelganimdan afsuslanmayman”

Baho:
+ | -

Joriy mavsum milliy chempionatimizda debyut mavsumini o‘tkazayotgan Vladimir Bayenko qisqa fursat ichida “Buxoro”ning o‘yiniga moslashib ketgani tahsinga loyiqdir.

27 yoshli ukrainalik legioner xatto jamoasini maydonga sardor sifatida boshlab tushmoqda. Markaziy himoyachi o‘z vazifasini sidqidildan bajarish bilan birga, ba’zida raqib darvozasini ham ishg‘ol etish orqali, ajralib turibdi. Yaqinda Bayenko bilan uchrashib, bir qator savollarga javob oldik.

- Vladimir, kuni-kecha bo‘lib o‘tgan “Mash’al” – “Buxoro” uchrashuvi haqidagi fikringizni bildirib o‘tsangiz.- O‘zingiz ham ko‘rdingiz, o‘yin oson bo‘lmadi. Raqibimiz, o‘z uyida osonlikcha taslim bo‘lmaydigan jamoalardan biridir. Muborakliklar ham xuddi “Buxoro” singari ikkinchi davrada deyarli mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘yin og‘ir kechdi. Lekin bu - futbol. Durang yoki mag‘lubiyat bu - Sen xarakatdan to‘xtading degani emas. Maqsadga erishish uchun oxirigacha kurashamiz.

- Aytingchi, “Buxoro” safarda shu kuni ikki ochko yo‘qotdimi yoki bir ochko ishladimi?

- O‘yin uch xil natijani ko‘rsatib turdi. Bizda yutish, durang yoki mag‘lub bo‘lish extimoli bor edi. Lekin bahs yakunda durang natija bilan tugadi. Yuqorida aytib o‘tganimdek, “Mash’al” bilan bo‘lgan uchrashuv juda og‘ir kechdi. Shuning uchun yuqoridagi savolga javob berish men uchun ozgina qiyin. Nazarimda biz ochko yo‘qotdik. Umuman oxirgi ikki turda “Dinamo” va “Mash’al”ga qarshi bahslarda biz qimmatli ochkolarni boy berdik. Biroq shukurki, eng asosiysi mag‘lub bo‘lmadik.

- Penalti belgilangan vaziyatga jamoa sardori sifatida qanday munosabatdasiz?

- O‘ziz ham agar kuzatgan bo‘lsangiz, “Dinamo” bilan o‘z uyimizda o‘ynaganimizda bizning foydamizga penalti berishmadi. Ha to‘g‘ri, o‘sha vaziyatda qo‘l bilan xatolik bo‘ldi. Garchi himoyachi qo‘li bilan o‘ynamagan bo‘lsada, to‘p uni qo‘liga tegdi. Biroq xorij futbolida bunaqangi vaziyat uchun albatta penalti belgilanadi. Har bir vaziyatni hakam hal qiladi. Ya’ni to‘p qo‘liga tegdimi? Penalti! Ular buni hammasini hisobga olishadi. To‘p va o‘yinchi orasidagi qancha masofa? Qo‘lga qanchalik yaqin, yoki yonidan o‘tdimi? Bularni barini ular ko‘rib chiqishadi. Shuning uchun ularda qandaydir tur xil epizod bor. Agar “Dinamo” bilan bo‘lgan uchrashuvda bosh hakam o‘yinchi qo‘li bilan o‘ynamadi desa, nima farqi bor baribir to‘p darvoza tomon bordiku. Menimcha u xohlaydimi yo‘qmi, to‘p qo‘lni topdimi yoki qo‘l to‘pni topdimi bu penalti demakdir. Shuningdek “Mash’al” bilan bo‘lgan uchrashuvda ham huddi shunga o‘xshash vaziyat yuzaga keldi. Bu 100%!penalti edi. Biroq bu oyoq bilan bo‘ldi. O‘yinchi to‘pni olishga ulgurmay oyog‘idan urishdi va buni ko‘rgan hakam vaziyatni to‘g‘ri baholab 11 metrli nuqtani ko‘rsatdi. Muborakdagi hakamning ishi qonikarli edi u juda to‘g‘ri ishladi. Chunki bu hakamlar bilan birinchi marta ishlamayapmiz. Ochig‘ini aytsam, menga bu hakamlarning o‘z ishini bexato bajarishi juda yoqadi. Qolganini nazoratchilar hal qiladi. Har kim o‘z vazifasini bajaradi.

- “Buxoro”da bu yil ilk mavsumingizni o‘tkazyapsiz. Taassurotlaringiz qanday?

- Legioner sifatida shuni ayta olamanki, bu yerga kelgan ilk kunlarimda “Buxoro” jamoasi haqida menda ma’lumot juda kam edi. Jamoa haqida deyarli bilmasdim. Albatta, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali o‘qib, kuzatib borar edim. Lekin shu kunga qadar birorta tanishim O‘zbekiston futbolida o‘ynamagan. Bemalol ayta olamanki, bu jamoada o‘ynayotganimdan afsusda emasman. Aksincha “Buxoro” jamoasi shaxsan menga juda yoqadi. Murabbiyimiz ham, jamoadoshlarim ham. Bu yerga kelganimdan so‘ng yaxshi va yomon vaziyatlar, turli xil xolatlar ko‘p bo‘ldi. Bir tomondan biz birinchi davrada qoniqarli darajada ishtiroq etdik. Lekin ochko jihatidan ozgina orqada qoldiq. Hech qisi yo‘q, biz baribir buni shunday qoldirmaymiz. Chempionatni oxirigi turiga qadar kurashamiz. Chunki jamoamizning har bir o‘yinchisi chin yurakdan maydonga tushmoqda. Eng avvalo ishqibozlarni xursand etish uchun, Buxoro sharafi uchun va barcha O‘zbekistonning futbol muxlislari uchun o‘ynaydi. Raqibning kuchli yoki kuchsiz, turnir jadvalida yuqori yoki pastda ekanligini umuman ahamiyati yo‘q.
Ularni doimo xurmat qilamiz.

- Tan olish kerak, “Buxoro”ning ijobiy natijalari zamirida qaysidir ma’noda ashaddiy ishqibozlarining ham xissasi beqiyos bo‘lmoqda. Fikrimizni Siz ham tasdiqlasangiz kerak?

- Shu kunga qadar oliy ligada barcha jamoalar bilan o‘ynadik. Ularning har birini muxlislarini ko‘rdim. Lekin maktanish emas-ku, Buxoro ishqibozlarichalik futbol muxlislarini boshqa shaxarlarda kuzatmadim. Chunki bunaqangi ko‘p mingli sonli (17000 – 20000) ishqibozlarni faqat Buxoroda ko‘rdim. Ularni shijoatini, jamoa uchun har narsaga tayyorligini ko‘rib qoyil qoldim. Har bir uy o‘yinlarimizda tomoshabinlarimiz stadion tribunasini deyarli to‘ldirib o‘tirishi, har birimizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlamoqda. O‘z navbatida biz ham ularni xursand etish maqsadida astoydil o‘ynamoqdamiz.

 

 

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 10:19, 27.09.2017.
O'qildi: 3136 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.