Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Real» yana Chempionlar ligasini yutadimi?

«Real» yana Chempionlar ligasini yutadimi?

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida Dortmundning «Borussiya» klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 3:1.

«Real»ga qarshi o‘yingacha «Borussiya» Bundesligada 6 o‘yin o‘tkazgandi.  Dortmundliklar Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadam, jamoa bir necha yetakchilar tark etgan bo‘lsada, raqiblar osonlik bilan taslim etilmoqda. Mavsum startida faqat bitta gol o‘tkazildi, ikkinchi gol esa Menxengladbaxning «Borussiya»siga qarshi kechgan va 6:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda.

Ammo jamoa xalqaro maydonda butunlay boshqacha jamoaga aylanib qoldi. «Uembli»da o‘tkazilgan uchta golni tasodif sifatida qarash mumkin edi, bu o‘yinda Keyn individual mahoratini namoyish etdi, ammo ikkinchi turdagi o‘yin savollar paydo qildi: sabablar nimada?..

Bunga qisqacha javob berish ham mumkin. Bu «Real» va Krishtianu Ronaldu. «Real» YECHL guruh bosqichlaridagi oxirgi mag‘lubiyatini «Borussiya»dan qabul qilib olgandi. Bu 5 yil muqaddam, 2012 yilning oktyabrida ro‘y bergan. Ronaldu kechagi o‘yinga tetik holatda yetib keldi, u primerada diskvalifikasiya o‘tadi, keyin ichki chempionatda kuchsiz raqiblarga qarshi o‘ynadi, xalqaro maydonda esa Farer orollari va APOEL klublariga qarshi o‘yinlarda gollar urgandi.

Foto: YECHL

«Borussiya»ning baxtiga qarshi, odamlarning xotirasi qisqa va ular «Signal Iduna Park»da «Real»ga qarshi 6 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani unutishadi. Zidan jamoasi bu seriyani ishonch bilan yo‘qqa chiqardi, shu bilan birga turnirning guruh bosqichida mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonini 29taga yetkazdi.

Ronaldu Ispaniya chempionatidagi o‘yinlarda yo‘qolib qolishi mumkin, u «Betis» va «Alaves»ga qarshi o‘yinlarda gol ura olmadi, ammo u katta o‘yinlar oldidan «uyg‘onadi».

Foto: YECHL

U Chempionlar ligasidagi oxirgi 6 o‘yinda 14 gol (!) urdi. Bu samaradorlik orqali Leo Messi bilan YECHLda gol urish poygasida ilgarilab ketmoqda. U diskvalifikasiyalar tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan va primerada hali gol urmagan bo‘lsada, jamoa to‘purari.

Krishtianu o‘zining sevimli turnirida hamisha natija ko‘rsatgan. Ronaldu Chempionlar ligasi o‘yinlarida bergan oxirgi 7 zarbasidan 6tasini golga aylantira olgan. U «Real» safidagi yubiley - 400-o‘yinni kutilganidan ham yaxshi o‘tkazdi.

Ronaldu va Beyl tandemi ishlay boshladi.

Foto: YECHL

Endi jamoani 3-turda «Tottenhem»ga qarshi o‘yin kutadi. Madridliklar uchun bu raqib qulay raqib deyish mumkin. Jamoalarning oxirgi uchrashuvida «Real» Londonda 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi. «Borussiya»ga qarshi ikkinchi o‘yin Madridda o‘tishi hisobga olinsa, guruhdan chiqish muammo bo‘lmaydi. Shundan keyin Zaynidin Zidan drujinasi Chempionlar Ligasida qatorasiga uchinchi marta g‘olib bo‘lish uchun yo‘lga chiqadi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 23:39, 27.09.2017.
O'qildi: 15552 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.