Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

Elfi Fernshild: «JFL maktabida hamma o‘z ishini yaxshi ko‘rishi shart»

Elfi Fernshild: «JFL maktabida hamma o‘z ishini yaxshi ko‘rishi shart»

Baho:
+ | -

Yana bir necha kundan so‘ng JFL in Tashkent futbol maktabi ish boshlaydi. Maktab faoliyati to‘lig‘icha nemis futboli andozalariga asoslanadi va Germaniyadagi JFL in Schlotheim maktabi filiali hisoblanadi. Biz aynan shu maktab rahbari Elfi Fernsheyld bilan suhbatda bo‘ldik va JFL futbol maktabi tizimi qay tariqa ish boshlagani va o‘zbek futboli haqidagi savollarimiz bilan murojaat qildik.

— Elfi, JFL in Schlotheim maktabi qachon ish boshlagan?
— Maktabimiz 2003 yilda ish boshlagan. Men esa 2006 yilda bu yerga kelganman.

— Ish faoliyatingiz qay darajada kechgan? Bu haqida so‘zlab bera olasizmi?
— Maktabni qabul qilib olganimda oxirgi umid va ishonchni yo‘qotishimga bir bahya qolgan edi. Chunki bor yo‘g‘i 6 o‘quvchimiz bo‘lib, maktab hisobida umuman pul qolmagandi. O‘n yillik mashaqqatli mehnat va ikki marta boshqa joyga ko‘chishdan so‘ng maktabimiz rivojlandi. Hozir JFL in Schlotheim 1600 m2 xududda joylashgan va yopiq futbol zali, tennis kortlari, katta basseyn, uchta tabiiy maysali futbol maydoni va trenajer zaliga ega.

— Maktabingizda qancha o‘quvchi tahsil oladi va qaysi mamlakatlardan tashrif buyurgan?
— Umumiy hisobda 71 tarbiyalanuvchimiz bor. Ulardan 51 nafari maktabimiz xududidagi yotoqxonada istiqomat qiladi, 20 nafari esa qatnab o‘qiydi. O‘quvchilarimiz orasida 11 davlat vakillari bor: Meksika, AQSH, Albaniya, Janubiy Koreya, Tailand, Germaniya, Isroil, Afrika va O‘zbekiston.

— Nemis futboli yutuqlari butun dunyoga ovoza bo‘lgan. Buning siri nimada, deb o‘ylaysiz?
— Bizning maktabimizda bola kun davomida band bo‘ladi. Maktab, sport, shaxsiy yutuqlar va salomatlik — ularga eng avvalo mana shu qadriyatlar singdiriladi. Eng muhimi — murabbiylar ular bilan xuddi tengdoshidek muloqot qiladi. Bolalar ustoz e’tibori va muhabbatini his qilib turishlari shart. Bu unga mas’uliyatli qarorlarni qabul qilishda yordam beradi. Murabbiy va o‘quvchi o‘rtasida juda ko‘p individual va jamoaviy suhbatlar bo‘lib turadi. Bola yutuqqa erishayotganini nafaqat o‘zi, ota-onasi, balki murabbiy nazdida ham isbotlab berishga harakat qiladi. Chunki o‘zaro hurmat juda kuchli.

Bizning maktabimizda bola o‘zini juda erkin his qiladi va har tomonlama himoya qilingan. Aynan shu narsa bizning asosiy sirimiz hisoblanadi. Hech bir bola nimanidir noto‘g‘ri qilishdan hayiqmaydi. Agar biror xatoga yo‘l qo‘ysa, unga hech kim baqirmasligi va tergamasligini yaxshi biladi. Biz unga shaxs sifatida o‘sishda hamda mas’uliyatli qaror qabul qilishda yordam beramiz.

— O‘zbek futbolida muammolar yetarli. Siz yurtimizda bo‘lgansiz va bu muammolarga nima sabab, deb o‘ylaysiz?
— Men o‘zbek futboli muammolari haqida gapirishga haqliman, deb o‘ylamayman. Keling, yaxshisi Germaniyada qanday tizim ostida ish olib borilishini ayta qolay. Nemis futbol maktabida mashg‘ulotlar o‘ziga hos uslubda olib boriladi. Asosiy e’tibor texnika, tez qaror qabul qilish, tez harakatlanish va jismoniy tayyorgarlik omuxtasiga qaratiladi. Bu borada murabbiy metodikasi va konsepsiyasi juda zarur. Bolalar tiklanishi uchun yoga, fitnes va mobil treningning ahamiyati katta.

Bizning futbol maktabimizda bolalarni yaxshi ko‘radigan murabbiy-pedagoglar ish olib boradi. Ular uchun pul yoki musobaqalardagi natija emas, balki bolaning rivojlanishi, unib-o‘sishi muhimroq. O‘zbekistonda ham JFL filiallari ish boshlamoqda. Biz bu maktablarda ham aynan shu uslub shakllanishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha yordamni beramiz.

Zafar Qosimov suhbatlashdi.

Manba: www.jfl-tashkent.uz
Kiritildi: 12:05, 29.09.2017.
O'qildi: 4349 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик