Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Angliyada grandlar to‘qnashuvi, Italiyada ko‘hna derbi, Anchelottisiz «Bavariya» va uik-endning 5ta o‘yini

Angliyada grandlar to‘qnashuvi, Italiyada ko‘hna derbi, Anchelottisiz «Bavariya» va uik-endning 5ta o‘yini

Baho:
+ | -

E’tiboringizga Evropaning yetakchi ligalarida bo‘lib o‘tadigan eng qiziqarli uchrashuvlarga bag‘ishlangan anonsni havola qilamiz.

CHELSI – MANCHESTER SITI

30.09.2017. 21:30

Angliyada top jamoalar ham, top uchrashuvlar ham nisbatan ko‘proq va deyarli har turda e’tiborga molik uchrashuvni topish mumkin. Lekin bu to‘qnashuv ular ichida ham alohida ajrab turadi.

Chempionlik uchun mavsum oxirigacha kurashishi taxmin qilinayotgan ikki jamoa Londonda to‘qnash keladi. «Chelsi» bu o‘yinni boy bersa, Manchester juftligidan 6 ochkoga orqada qolib ketishi mumkin va bu Konte shogirdlari uchun juda qattiq zarba bo‘ladi.

Madriddagi g‘alabadan so‘ng, «Chelsi» juda yaxshi kayfiyatda, ammo shu bilan birga, raqibidan farqli ravishda jamoa bir kun kam dam olgani va nisbatan og‘irroq raqibga qarshi o‘ynaganini e’tiborga olish kerak.

«Manchester Siti»da ham muammolar yetarli. O‘ng qanot o‘yinchisi Benjamin Mendi og‘ir jarohat olib, mavsum oxirigacha safdan chiqqan bo‘lsa, jamoa to‘purari Serxio Aguero avariyaga uchradi va u ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

 

SHALKE – BAYER

29.09.2017. 23:30

Yaqin o‘tmishda Germaniyaning yetakchisi bo‘lgan, ammo o‘rnini boy berayozgan ikki jamoa. Mavsumda har ikki jamoa ham hujumkor o‘tkazayotgani, ammo himoyalanish borasida muammolar har ikki jamoada ham yetarli ekani o‘yinning qiziq va gollarga boy bo‘lishidan dalolat qiladi. «Shalke» so‘nggi ikki turda yutqazdi va birorta ham gol ura olmadi.Qizig‘i, 2013 yildan beri «Shalke» o‘z maydonida «Bayer»ga mag‘lubiyatga uchrab kelmoqda. 

 

PSJ – BORDO

30.09.2017. 20:00

O‘tgan turdagi durangdan so‘ng, «PSJ» Yevropaning yetakchilaridan biri «Bavariya» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va Karlo Anchelottini iste’foga chiqarib yubordi. YECHLdagi bahsda Kavani va Neymar o‘rtasidagi munosabatlar ham ijobiy tomonga siljiganini ko‘rish mumkin edi. Parijliklarning yana odatiy rejimga qaytib, sermahsul o‘yin ko‘rsatishlarini kutish mumkin.

Ammo raqib ham anoyi emas – «Bordo» ushbu mavsumda hali mag‘lubiyatga uchramagan ikkinchi klubdir. Qayd etish joizki, «Bordo» 2010 yildan beri Parijda g‘alaba qozona olmagan. 

 

HERTA – BAVARIYA

01.10.2017. 18:30

«Bavariya» o‘tgan haftada «Volfsburg» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, uch kun o‘tib Parijda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Myunxenliklar jamoasining talab darajasi shu qadar balandki, shu ikki natijaning o‘zi Karlo Anchelottining iste’fosi uchun yetarli bo‘ldi.

Albatta, muammo o‘ylaganimizdan chuqurroq, murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi ziddiyatlarning iste’foga sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu nuqtai nazardan ham, so‘nggi 7 yilda birinchi marta mavsum o‘rtasida murabbiy almashtirgan «Bavariya»ning o‘yini qanday o‘zgarishini kuzatish qiziq bo‘lsa kerak.

«Herta»ning ham o‘z muammolari bor, jamoa so‘nggi 7 o‘yinda atigi bir marta g‘alaba qozondi xolos. Yevropa kuboklaridagi navbatdagi uchrashuv ham boy berildi.

Darvoqe, «Herta»ning «Bavariya»dan ikki kun o‘tib yevrokubok o‘yinida maydonga tushgani ham mehmonlarning imkoniyatlarini oshirishi tabiiy.
 

NYUKASL – LIVERPUL

01.10.2017. 20:30

Ingliz futboli klassikalaridan biri. Rafa Benites «Liverpul»ga qarshi. Jon Shelvi va Jorje Veynaldum sobiq klublariga qarshi to‘p suradi. Jamoalar turnir jadvalida deyarli yonma-yon bormoqda, agar mezbonlar g‘alaba qozonsa, «Liverpul»ni jadvalda ortda qoldirishi mumkin.  

«Nyukasl» so‘nggi turda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, o‘z maydonidagi uchrashuvlarda ishonchli harakat qilmoqda. «Liverpul» uslub jihatidan aynan «Nyukasl» kabi ochiq to‘p suradigan jamoalarga qarshi yaxshiroq o‘ynay oladi, buni ham bilamiz.

Esda qolarli o‘yin, 2013 yilda «Liverpul» «Nyukasl» ustidan mehmonda 6:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Lekin shundan beri «qizillar» bu yerdan uch ochko olishning uddasidan chiqa olishmayapti. Ikki yil oldin o‘tgan so‘nggi o‘yinda «Nyukasl» 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, «Liverpul»ning g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ygandi. 

 

VALENSIYA – ATLETIK

01.10.2017. 21:30

«Valensiya» Ligada hali mag‘lubiyatga uchramagan uch jamoadan biri bo‘lib turibdi. Ayniqsa, so‘nggi ikki turni Marselino Garsiya shogirdlari alohida ko‘tarinkilik bilan o‘tkazishdi – «Sosyedad» maydonidagi g‘alaba tahsinga sazovor.

«Atletik» esa, aksincha, mavsumni yaxshi boshlab, uch turdan keyin yetakchilar safida borgan bo‘lsa-da, keyingi turlarda ketma-ket mag‘lubiyatga uchramoqda. Yevropa Ligasidagi «Zorya»dan uchralgan mag‘lubiyat ham basklarga salbiy ta’sir qilgan bo‘lishi tabiiy. Ammo jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi 20 uchrashuvda atigi ikki marta yirik hisob qayd etilganining o‘ziyoq, bizni «Mestalya»da doimiy keskinlik kutib turganidan darak beradi.

Mehmonlar tarkibida Muniain, De Markos, Alvares kabi yetakchi futbolchilar jarohat tufayli maydonga tusha olmasliklari mumkin.


MILAN – ROMA

01.10.2017. 21:00

Mavsumni qator g‘alabalar bilan boshlab, transferlar darichasidagi xarajatlar haqidagi gap-so‘zlarni biroz unuttirgan «Milan»ga nimadir bo‘ldi. Jamoa qatorasiga ikki safar o‘yinini boy berdi. Yevropa Ligasidagi so‘nggi o‘yin ham ishonchsiz chiqdi – so‘nggi daqiqada kiritilgan gol tufayligina «Milan» g‘alaba qozondi.

Keyingi turda bo‘ladigan Milan derbisi oldidan, Montella jamoasini boshqa bir jiddiy klub – Montellaning sobiq jamoasi sinovdan o‘tkazadi. Barqaror ravishda kuchli va barqaror ravishda nimadir yetishmaydigan «Roma» mavsumni kuchli boshladi va ayni pallada so‘nggi 4 uchrashuvda g‘alaba qozonib, ham A Seriyada, ham YECHLda ahvolini o‘nglab oldi.

Jamoalarning so‘nggi 4 o‘yinida «Roma» ustunlik qilgan, shuningdek, 2011 yildan beri, «Milan» Rimda g‘alaba qozona olmayotganini ta’kidlash joiz.

SPORTING – PORTU

01.10.2017. 23:15

Portugaliyaning ayni paytdagi eng kuchli ikki jamoasi to‘qnashuvini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. «Portu» 7 turdan so‘ng yuz foizlik ko‘rsatkich bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Sporting»da ham mag‘lubiyat yo‘q, shuncha o‘yindan keyin atigi bir durang qayd etilgan xolos. Demak, bu o‘yinda qaysidir an’ana buziladi.

Bu ikki jamoa Yevropa Chempionlar Ligasida ham yomon qatnashmayapti. «Portu» «Monako» ustidan safarda yirik g‘alabaga erishib, birinchi turdagi mag‘lubiyatni «tekislagan» bo‘lsa, «Sporting» «Barselona» bilan tengma-teng o‘ynadi.

Abubakar, Ektor Errera, Kasilyas, Markano, Dumbiya, Karvalyu, Koentrau, Dost, Matyo kabi bizga tanish yulduzlar maydonda harakat qiladigan bu to‘qnashuv ham qiziq bo‘lishi shubhasiz.   

Ispaniya chempionatida «Barselona»ning «Kamp Nou»da «Las Palmas»ga qarshi o‘yini 1 oktyabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:15da bo‘lib o‘tadi. «Real» esa, o‘sha kuni, soat 23:45da o‘z maydonida «Espanyol»ni qabul qiladi.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 12:34, 30.09.2017.
O'qildi: 5965 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.