Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

U-23 Osiyo chempionati–2018 turniriga qur’a tashlash marosimi Xitoyda bo‘lib o‘tadi

U-23 Osiyo chempionati–2018 turniriga qur’a tashlash marosimi Xitoyda bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Shu yilning 24 oktyabr kuni esa musobaqaga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Marosim Xitoyning Chanchjou shahridagi Trader Fudu mehmonxonasida Toshkent vaqti bilan 13:30 da start oladi.

U-23 Osiyo chempionatida jami 16 mamlakat terma jamoasi, shu jumladan, O‘zbekiston ham ishtirok etadi. Jamoalar 4 ta savatchaga bo‘linadi va qur’a natijasiga ko‘ra to‘rtta guruhga ajratiladi.

1-savatcha: Xitoy (mezbon), Yaponiya, Janubiy Koreya, Iroq;

2-savatcha: Qatar, Iordaniya, KXDR, Avstraliya;

3-savatcha: O‘zbekiston, Suriya, Saudiya Arabistoni, Tailand;

4-savatcha: Vyetnam, Ummon, Falastin, Malayziya.

Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan saralash bosqichi “D” guruhida 1-o‘rinni egallagan holda Xitoydagi Osiyo chempionati–2018 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 22:17, 10.10.2017.
O'qildi: 4966 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик