Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Uch terma safida uchta mundialda ishtirok etgan futbolchi

Uch terma safida uchta mundialda ishtirok etgan futbolchi

Baho:
+ | -

Natijalar turlicha bo‘ladi: ijobiy yoki salbiy, munosib yoki haminqadar, muhim yoki arzimas. Gap futbol haqida ketganda esa, eng avvalo, professional darajada erishilgan muvaffaqiyatlar hisobga olinadi:

«Eng yaxshi o‘yinchi», «Eng yaxshi jamoa» kabi. Sobiq Yugoslaviyaning «Srvena Zvezda», Rimning «Lasio» va Milanning «Inter» klublari, shuningdek, Serbiya milliy termasi sobiq yarim himoyachisi Deyan Stankovich professional faoliyati davomida hayratlanarli hamda o‘ziga xos rekord o‘rnatishga erishdi.

Gap shundaki, aynan Deyan uch (!) mamlakat termasi safida mundialda ishtirok etgan dunyodagi hozircha yagona futbolchi bo‘lib turibdi. U bunga qanday erishdi?

Hammasi juda ham oddiy: 1998 yili Deyan mundialda sobiq Yugoslaviya milliy jamoasi o‘yinchisi sifatida maydonga tushgan bo‘lsa, 2006 yilgi JCHda Serbiya va Chernogoriya tarkibida va nihoyat, 2010 yilda Serbiya termasi libosida jahon birinchiligida qatnashdi.

Faoliyatning boshlanishi

Deyan Stankovich 1978 yilning 11 sentyabrida tug‘ilgan. Stankovichlar oilasi Belgrad yaqinidagi Zemun shaharchasida istiqomat qilishar va mahalliy ishqibozlar kabi «Srvena Zvezda»ning muxlisi edilar. Deyan bolaligidan futbolga oshno bo‘ldi va «Radnichki» deb nomlanuvchi havaskorlar jamoasi mashg‘ulotlariga qatnay boshladi, ammo 7 yoshga to‘lar-to‘lmas, «Teleoptik» professional klubi tizimiga kiritildi. 1992 yili 14 yoshga to‘lgan Stankovich o‘sha paytda mamlakatning yirik klubi hisoblangan «Srvena Zvezda»da ko‘rikdan o‘tdi. Deyanning baxtiga klub bazasi Belgradda joylashgan bo‘lib, unga ko‘chish ortiqcha tashvish tug‘dirmadi. Voyaga yetguniga qadar aynan shu yerda iqtidorini sayqalga soldi va 1996 yilga kelib jamoa bilan professional shartnomaga imzo chekdi.

O‘sha davrga kelib Stankovich «Srvena Zvezda» safida ko‘plab bahslarda maydonga tushgandi: klubdagi debyutini 16 yoshida o‘tkazgan yarim himoyachi 1994|1995 yillar mavsumida 7ta o‘yinda maydonga tushib, ilk golini nishonlashga ham ulgurgandi. Kelgusi mavsumda esa u 26 uchrashuvda jamoa sharafini himoya qildi va professio­nal shartnomaga imzo chekkach, klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Keyingi ikki yilda esa 63 uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 30 marta aniq nishonga oldi.

1990 yillar boshlarida «Srvena Zvezda» UYEFA sanksiyalari oqibatida xalqaro taqiqqa tushib qoldi - bu sobiq Yugoslaviyaga nisbatan qo‘llanilgan jazo choralarining natijasi edi. Natijada, «Srvena Zvezda» yevrokubok bahslarida ishtirok etish imkonidan mahrum bo‘ldi. Taqiq 1996|1997 yillar mavsumi arafasidagina bekor qilindi va Stankovich kubok egalari kubogi bahslari doirasida «Kayzerslautern» ustidan qozonilgan tarixiy ikki g‘alabaga o‘zining munosib ulushini qo‘shdi.

1997|1998 yillar mavsumi oldidan 19 yoshli Stankovichga sardorlik bog‘ichi ishonib topshirildi va Deyan klub tarixidagi eng yosh sardorga aylandi. Bundayin katta iqtidor egasi bo‘lgan futbolchi Yevropaning yetakchi klublari e’tiboridan chetda qolmasligi aniq edi va 1998 yili 20 yoshli Deyan Stankovich 15 mln. yevro evaziga Italiyaning «Lasio» klubiga ko‘chib o‘tdi.

«Lasio»

O‘sha paytlarda «Lasio» Italiya futboli bayroqdorlaridan hisoblanar, Pavel Nedved, Xuan Sebastyan Veron, Ivan de la Penya, Roberto Manchini kabi yulduzlar jamoa sharafini himoya qilishardi. Shunga qaramay, Stankovich klubda yo‘qolib qolmadi. Yosh serb rimliklar tarkibida maydonga tushgan dastlabki rasmiy o‘yinida — 1998 yilning sentyabrida «Pyachensa» darvozasini aniq nishonga oldi. Yangi jamoa safidagi dastlabki mavsumda u jami 42ta bahsda maydonga tushib, 9ta gol urdi. Aynan ushbu klubda futbolchi o‘ta qimmatli ilk sovrinini qo‘lga kiritganini alohida ta’kidlash kerak. To‘g‘ri, «Srvena Zvezda»da o‘ynab yurganida ham bir bor sobiq Yugoslaviya chempioniga aylangan va uch marta mamlakat kubogini boshi uzra ko‘targandi. Ammo 2000 yili «Lasio» tarkibida «A» seriyadek nufuzli turnirda g‘oliblikka erishish va aynan shu yili Italiya kubogida g‘olib bo‘lishning o‘rni baribir boshqacha.

Vaqt o‘tgani sayin «Lasio»ning moliyaviy ahvoli yomonlashib bordi va klub inqirozning oldini olish uchun yetakchilarini sotishga majbur bo‘ldi. Va nihoyat, navbat Stankovichga ham yetib keldi. 2004 yilning yanvarida futbolchi u bilan jiddiy ravishda qiziqayotgan «Yuventus» emas, balki «Inter» bilan shartnoma imzoladi. 5,5 yil mobaynida «Lasio» sharafini himoya qilgan Stankovich bu davrda 208 bor maydonga tushib, 33ta gol urdi.

«Inter»

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:06, 11.10.2017.
O'qildi: 11284 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.