Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Futzal. Osiyo chempionati saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Futzal. Osiyo chempionati saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Shu yilning 15–17 oktyabr kunlari Eronning Tabriz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi “A” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Osiyo chempionati final bosqichi yo‘llanmasi uchun guruhda Qirg‘iziston, Turkmaniston va Nepal bilan kuch sinashadi. Bugun, 14 oktyabr kuni “A” guruhi vakillarining bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov va futzalchi Davron Abdurahmonov qatnashdi.  

“Osiyo chempionatiga saralash bosqichi formati oldingilaridan farq qiladi. Avvallari Osiyo chempionatida 1–4 o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri OCH final bosqichiga yo‘l olardi. Hozir esa barcha jamoalar guruhlarga bo‘lingan holda final yo‘llanmasi uchun kurashadi va bu o‘ziga yarasha raqobatni kuchaytiradi. Terma jamoamizning tayyorgarligi yaxshi o‘tdi va biz bo‘lajak o‘yinlariga tayyormiz.

Mamlakatimizda futbol va futzalga bo‘lgan e’tibor oshib bormoqda va shuning evaziga ushbu sport turi rivojlanmoqda. Osiyo qit’asidagi barcha jamoalarda o‘ziga yarasha taktika mavjud bo‘lib, ular orasida kuchsizlari yo‘q”,– dedi Bahodir Ahmedov.  

Shundan so‘ng, Nepal, Qirg‘iziston va Turkmaniston terma jamoalari bosh murabbiylari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Rakesh Shresta (Nepal)Saralash bosqichiga tayyor bo‘lib keldik. Bu yerdagi jamoalar katta tajribaga ega, ammo biz Osiyo chempionati final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Eronga kelganmiz. Har bir o‘yinda bor kuchimizni beramiz.

 

Amirjon Mukanov (Qirg‘iziston)Bizning jamoa yangidan shakllanmoqda, ya’ni, avlodlar almashinuvi amalga oshmoqda. Tajribali va mahoratli futzalchilarning yoshi o‘tgani sayin, ularning o‘rnini yoshlar egallamoqda. Shu sababdan Osiyoda o‘z o‘rnimizni biroz yo‘qotdim. Ammo sabrli bo‘lishimiz va yoshlar kuchini sinovdan o‘tkazishimiz zarur. Muvaffaqiyatsizlik sabablarini tahlil qilib, yaqin 3 yil uchun reja tuzib qo‘yganmiz. Barchasi o‘z iziga tushadi degan umiddaman.

Yoqub Ovezov (Turkmaniston)Eronga birinchi kelishimiz emas. Bu yerda terma jamoa bilan o‘quv-mashg‘ulolarida qatnashganmiz. Jamoamiz asosan 23–25 yoshli futzalchilardan iborat. Umid qilamanki, saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, OCH final bosqichiga yo‘l olamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi OCH saralash bosqichidagi ishtirokini ergata, 15 oktyabr kuni Nepal termasiga qarshi boshlaydi. Musobaqa taqvimi va jadvalini mazkur havola orqali kuzatib borish mumkin. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:02, 14.10.2017.
O'qildi: 3172 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.