Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

O‘zbekistondagi birinchi veloyo‘lak foydalanishga topshirildi

O‘zbekistondagi birinchi veloyo‘lak foydalanishga topshirildi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Namangan shahrida yurtimizda birinchilardan bo‘lib zamonaviy veloyo‘lak tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Mazkur xayrli ish O‘zbekiston Ekologik harakati, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Namangan viloyati hokimligi hamkorligida barpo etildi.

Islom Karimov shohko‘chasi bo‘ylab barpo etilgan veloyo‘lak ochilishi munosabati bilan unda “Shahrimizni birgalikda obod qilaylik!” shiori ostida dastlabki velomarafon o‘tkazildi. Mazkur aksiyada parlamentimiz a’zolari, ekoharakat faollari, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori vakillari, keng jamoatchilik, velosportchilar, jurnalistlar ishtirok etdi. 

Viloyat hokimligining mas’ul xodimi Azamat Abdurahmonov, Oliy Majlis Qonunchilik paltasi deputatlari Sadirjon Jakbarov, Xayrullo G‘afforov, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor so‘zga chiqib, bugungi kunda transport vositasi sifatida velosipeddan foydalanishni targ‘ib qilish va joriy etish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ham ekologik muammolarni kamaytirish va uning salbiy oqibatlari oldini olishga qaratilgan ezgu maqsadlardan biri ekanini ta’kidlashdi. 

Velomarafon ishtirokchilari “Do‘stlik” savdo-sanoat kompleksi maydonidan “Yoshlar bog‘i”gacha bo‘lgan 5 kilometrlik masofani bosib o‘tdi. Aksiya ishtirokchilarini yo‘l bo‘ylab aholi va yo‘lovchilar qo‘llab-quvvatlab turdilar. 

Aksiya doirasida O‘zbekiston Ekologik harakati va YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan 80 ta velosiped mehribonlik uyi, maktab-internat, oliy o‘quv yurtlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ekologiya, tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari kabi ijtimoiy muassasalarga sovg‘a qilindi.

Tadbirda Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining mavzuga doir rasmlar tanlovi o‘tkazilib, faol ishtirokchilarga diplom, esdalik sovg‘alari topshirildi. Taniqli san’atkorlar va yosh iste’dod sohiblari ijrosidagi konsert dasturi barchaga xushkayfiyat ulashdi. 

Manba: www.telegraf.uz
Kiritildi: 11:43, 18.10.2017.
O'qildi: 2877 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик