Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Kelishilgan o‘yinlar oqavasi yoki yangilanayotgan jamoa jasorati!

Kelishilgan o‘yinlar oqavasi yoki yangilanayotgan jamoa jasorati!

Baho:
+ | -

Muhtaram muxlis! Atrofni kuzatsangiz, avvalgidan boshqacharoq hayot nafasini his qilasiz. Odamlardagi o‘zgarishlardan hayratlanishingiz ortiqcha.

Chunki ular kabi o‘zingiz ham o‘zgacharoq mulohaza yurita boshladingiz allaqachon. Faqat bu o‘zgarishlar bir qarashda yaqqol sezilmaydi.

Balki so‘nggi bir yil ichida kuzatilayotgan ketma-ket ijobiy hodisalarga ko‘nikib qolgandirmiz. Aslida hayotning tabiati yangilanishdan iborat.

Avvallari dunyodagi turli yangiliklarni eshitib, shunday zanjirsimon islohotlar ichra yashayotganlarga havas bilan boqardik. Qarangki, endi o‘zimiz ham yangilanishlar ummonida suzmoqdamiz go‘yo.

Yaqindagina paxta terimi malol kelayotgan kishi bugun dalalardagi mo‘l hosilni tezroq yig‘ishtirib olish haqida qayg‘urmoqda.

Shu tariqa hamyurtlarimiz yangilanish belgisidagi jamoaning haqiqiy a’zosiga aylanib borishmoqda...

Yodingizda bo‘lsa, oxirgi ikki maqolamizni «Oliy liga osmonida momaqaldiroq», «Qachon futbol bo‘lasan, benavo o‘yin?» deb nomlagandik. Avvalgilari kabi bu ikkisi ham yoruq niyatlarga to‘la tashvish ila yozilgandi. Nega? Ayonki, momaqaldiroq - uzoq davom etmaydigan tabiat hodisasi.

Shu ma’noda oliy liga osmonida momaqaldiroq gumbirlashining o‘zi bizni to‘liq qanoatlantirmasdi. Chunonchi, oliy liga osmonida bezovta chaqmoqlar chaqib, yomg‘ir sharros quyishini, qora bulutlar tarqab, futbol havosi musaffolashishini istagandik.

Ko‘rinib turibdiki, «Oliy liga osmonida momaqaldiroq» sarlavhasiga yuzaki qaraganda, shodlik mujassam, mohiyatan esa uning bag‘rida og‘riq va tashvishlar yashirin. Futbolni halol kurash va raqobatdan xoli «o‘yin»ga aylantirmaslik bilan bog‘liq mulohazalar ham shu kayfiyat amri bo‘yicha qog‘ozga tushdi.

Oliy liga bahslaridan so‘ng muxlislar ko‘pincha «Yana «o‘yin» qilib yuborishdi!» deyishadi hafsalasizlik bilan. Bizni tobora urchib borayotgan mana shu hafsalasizlik virusi xavotirga solardi.

Muxlislik sha’nini ushlab turuvchi, uning futbolga nisbatan ishtiyoqini belgilovchi hafsala himoyaga muhtojlik sezayotgandi. Ta’bir joiz bo‘lsa, himoyaga muhtoj hafsala iztirobdan to‘lg‘onayotgan futbolimiz akslanayotgan ko‘zgu edi mutasaddilar uchun.

Nihoyat, bu ko‘zguga ham nazar tashlashdi mutasaddilar. «Biz tomonga bir-bir boqib qo‘y!» deya nola chekayotgan ko‘zguni yangi qo‘llar tutib turibdi.

Ha, PFL tarkibining mutlaqo yangilanishini shunday ta’rifladik. Bundan-da ortiq ta’rif va tahlillarga loyiq mazkur yangilanish.

Negaki, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:02, 19.10.2017.
O'qildi: 3422 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.