Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Javohir Siddiqov: «Derbi»da bizning asosiy ustunligimiz — muxlislarimizning yonimizda ekanligi»

Javohir Siddiqov: «Derbi»da bizning asosiy ustunligimiz — muxlislarimizning yonimizda ekanligi»

Baho:
+ | -

Oliy liganing 25-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Navbahor”  uchrashuvidan oldin, jamoamiz yetakchilaridan biri Javohir Siddiqov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"So‘nggi paytlarda biroz jarohatlar iskanjasiga tushib qoldim. Shu tufayli o‘yinlarda bor kuchim bilan o‘ynay olmadim. Xudoga shukr, endi barchasi ortda qoldi va navbatdagi o‘yinga tayyorman. Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmaganimiz bizga pand berdi. Biz o‘sha bahsni unutdik va “Navbahor”ga qarshi jiddiy tayyorlanmoqdamiz.

“Vodiy derbi”lari respublikamizdagi eng shiddatli derbilar hisoblanadi. Bu uchrashuv natijasi biz uchun katta ahamiyatga ega ekanligini barchamiz juda yaxshi his qilib turibmiz. Biz maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz, boshqa har qanday natija bizni qoniqtirmaydi.

“Derbi”da bizning asosiy ustunligimiz  muxlislarimizning yonimizda ekanliklari, deb o‘ylayman. Jamoamiz o‘tgan mavsumda biroz qiyin vaziyatga tushib qolganida ham muxlislarimizning daldalari tufayli vaziyatdan chiqib ketgan edik. Ertaga ham bizni jonkuyar muxlislarimiz astoydil qo‘llab turishadi, deb ishonaman. O‘zimdan kelib chiqib aytsam, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari har qanday futbolchiga ilhom bag‘ishlaydi.

Barcha muxlislarimizni “Markaziy” stadioniga taklif qilaman. Kelinglar, sizlar bilan birga “derbi”da albatta g‘alaba qozonamiz!", - dedi Javohir Siddiqov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 08:47, 20.10.2017.
O'qildi: 2874 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.