Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Obod» klubi kashf etgan futbolchilar

«Obod» klubi kashf etgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Qisqa muddatli ishtiroki mobaynida muxlislarga ajoyib o‘yinlarni taqdim etgan «Obod» yuksak iqtidorlarni kashf etishi bilan ham yodda qoldi.

Xo‘sh, bu klub tarkibida to‘p surgan qaysi futbolchilar o‘sishga erishishdi? Hozir ular qaysi jamoa safidalar? Quyida ulardan ayrimlarining nomlarini keltirib, elitadagi ko‘rsatkichlariga nazar tashlaymiz.

SHOHRUZ NORXONOV

Hozirgi jamoasi: «Bunyodkor»

Oliy liga-2017da: 18ta o‘yin, 5ta gol

Bu futbolchi «Obod» safida o‘ynagan kezlari to‘purarlik va texnik qobiliyati evaziga ko‘pchilikning mehrini qozondi.

Shohruz o‘z intervyularida jamoadoshlari uni «Neymar» deb chaqirishlarini ko‘p ta’kidlardi. Darhaqiqat, uning xatti-harakatlari, tashqi ko‘rinishi braziliyalik yulduzga juda o‘xshash.

Joriy mavsum birinchi davrasini «Obod»da o‘tkazgan Norxonov «Bun-yodkor»ga ko‘chib o‘tdi. E’tiborlisi, u «qaldirg‘ochlar» safida sobiq klubiga qarshi kechgan bahsda darvozani ishg‘ol qildi.

SARDOR QAHHOROV

Hozirgi jamoasi: «So‘g‘diyona»

Oliy liga-2017da: 23ta o‘yin, 2ta samarali uzatma

O‘ng qanot himoyasida to‘p suradigan bu futbolchi zarur paytda hujumchilarga ko‘maklashishi orqali ham muxlislar olqishiga sazovor bo‘lmoqda.

Ayniqsa, uning raqib jarima maydonchasi ichiga yo‘llaydigan uzatmalari hamisha xavfli chiqadi, ularning aksariyati gol bilan yakun topadi.

Qahhorov joriy mavsumning ikkinchi davrasini «So‘g‘diyona» safida boshladi. Asosiysi, u Jizzaxda ham murabbiylar ishonchini oqlamoqda.

SANJAR RIXSIBOYEV

Hozirgi jamoasi: «Olmaliq»

Oliy liga-2017da: 20ta o‘yin, 2ta gol

Ushbu futbolchidagi o‘sish va ommaga tanilish jarayoni ham aynan «Obod» bilan bog‘liq. Rixsiboyev 2017 yilgi oliy liga bahslarida o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘ygan.

E’tiborlisi, ularning ikkisini ham «obodchilar» safida urgan. Oraliq tanaffusda «Obod» murakkab ahvolga tushib qolganda, aksariyat futbolchilar singari Sanjarga ham tezda xaridor topildi - «Olmaliq» uni tarkibga qo‘shib oldi.

Aytish mumkinki, Viktor Kumikov bosh murabbiyligidagi jamoaga moslashish Rixsiboyevga qiyinchilik tug‘dirmadi. U olmaliqliklarning har bir uchrashuvida eng faollardan bo‘lmoqda.

G‘AYRAT UMIROV

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:08, 25.10.2017.
O'qildi: 3021 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.