Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

JFL in Tashkent'ga Germaniyadan murabbiy taklif etildi

JFL in Tashkent'ga Germaniyadan murabbiy taklif etildi

Baho:
+ | -

Germaniyadagi JFL in Schlotheim maktabi bilan hamkorlikda Toshkentda ochilgan JFL in Tashkent futbol maktabida noyabr oyida nemis murabbiyi faoliyat olib boradi.

6 noyabrda JFL in Schlotheim’ning katta murabbiyi Xerald Frits O‘zbekistonga keladi va bir oy davomida Toshkent filialida mashg‘ulot o‘tkazadi. Nemis murabbiyi asosiy e’tiborni JFL in Tashkent futbol maktabida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va ish uslubi Germaniyadagi maktab faoliyati bilan hamohang bo‘lishiga qaratadi. Shu bilan birga JFL in Tashkent futbol maktabida murabbiylar uchun maxsus seminar ham tashkil qilinadi. Seminarni nemis mutaxassisi janob Xerald Frits olib boradi.

Ikki haftalik kurs noyabr oyi davomida ikki marta tashkil qilinadi. Seminar davomida nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkaziladi. Asosiy e’tibor futbolga kirib kelayotgan bolalar bilan ishlashda ilmiy-amaliy yondoshuvga qaratiladi. Yevropa standartlari bo‘yicha o‘tkaziladigan darslarda barcha xohlovchi murabbiylar ishtirok etishi mumkin.

XERALD FRITS
JFL in Schlotheim katta murabbiyi
Tug‘ilgan vaqti: 1954.02.11
1969 yildan 1973 yilgacha Elfurd shahridagi futbol akademiyasida tahsil olgan.
Futbolchilik faoliyati: 1973 yildan 85 yilgacha Oberliga (bugungi kunda Bundesliga) “Teama DDR” klubida to‘p surgan.
1985 1990 yillarda “Gotta” klubi sharafini himoya qilgan.
Ma’lumoti: 1984 yilda Sport menejmenti futbol yo‘nalishida murabbiylik bo‘yicha “A” lisenziyasini olgan.
Murabbiylik faoliyati: 1990-1997 yillarda “Erfurt Nord” murabbiyi. 1997 yildan “Shlotxaym” jamoasini boshqargan. 2006 yildan JFL in Schlotheim futbol maktabida katta murabbiy vazifasida ishlab kelmoqda.

Manba: www.jfl-tashkent.uz
Kiritildi: 15:13, 28.10.2017.
O'qildi: 3957 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.