Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Yangiyer» jamoasi a’zolaridan O‘FF prezidentiga ochiq xat

«Yangiyer» jamoasi a’zolaridan O‘FF prezidentiga ochiq xat

Baho:
+ | -

Kuni kecha O‘zbekiston birinchiligida ishtirok etayotgan "Yangiyer" futbol klubi futbolchilaridan ochiq xat kelib tushdi...

Xatning mazmuni shunday:

O‘zbekiston futbol federasiyasi
prezidenti U.M.Ahmadjonovga

Hurmatli Umidjon Mahamadjonovich, avvalambor, sizni O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti lavozimiga tayinlanganingiz bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq, kelgusi mehnat faoliyatingizda omadlar tilaymiz.

O‘zbekiston futbol federasiyasini o‘z boshqaruvingizga olgach, juda qisqa muddat ichida ko‘plab ijobiy ishlarni amalga oshirdingiz. Ta’kidlash joizki, siz futbol tili bilan aytganda “Fair Play”ga amal qilyapsiz. Ya’ni, halollik tarafdorisiz! O‘zbek futbolidagi har qanday muammoni bee’tibor qoldirmayapsiz. Aslida, muammoning katta kichigi bo‘lmaydi. Qachonki u bartaraf etilsa, shundagina oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin. Biz mamlakat birinchiligida qatnashayotgan “Yangiyer” jamoasi a’zolari ham bunday kamchiliklardan holi emasmiz. Ma’lumki, Sirdaryo zamini o‘zbek futboliga ko‘plab iqtidor egalarini yetkazib bergan. Ular orasida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati va Osiyo birinchiligida o‘z so‘zini aytgan charm to‘p ustalari borligi quvonvarli hol, alabatta. O‘z o‘rnida jamoamiz a’zolari bilan Sirdaryo futboli va “Yangiyer” jamoasining avvalgi shon shuhratini tiklashga bel bog‘langanmiz. Biroq jamoamiz moliyaviy muammolar girdobiga tushib qolgan. Tarkibdagi barcha futbolchilar yil boshida klub bilan shartnoma tuzishgan. O‘zaro kelishuv esa yuridik hujjat hisoblanadi. Biroq uning bandlari klub rahbariyati tomonidan bajarilmayapti, ya’ni, biz o‘z vaqtida oylik maosh hamda mukofot pullarini olmayapmiz. Ba’zi kunlarda esa safar uchrashuvlariga borsak, ovqatlanmaymiz ham...

Aytingchi, bunday holatda qanday qilib futbol o‘ynab, oilani tebratish mumkin?! Kezi kelganda, futbolchilar orasida oilalilar ham borligini unutmaslik lozim. Tokaygacha, Sirdaryo viloyati hokimligi va klubga mas’ullar o‘z ishiga panja orasidan qarashadi? Hademay joriy yilgi mamlakat birinchiligi o‘z poyoniga yetadi. Ba’zi jamoalar esa yangi mavsum rejalarini ishlab chiqishgan. Bizda esa kelgusi taqdirimiz qanday kechishini bilmaymiz. Hatto jamoamiz a’zolari bilan hisob-kitob ishlari amalga oshirilmagan.

Umidjon Mahamadjonovich, yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni ijobyuiy hal qilishda bizga amaliy yordam berasiz, degan umiddamiz.

Hurmat bilan “Yangiyer” futbol jamoasi a’zolari:

Akbar Sattayev, Zafar Qoraqulov, Asilbek Mansurov, Nodir Davlatov, Artur Mamatkazin, Uyg‘un Bobonazarov, Ma’ruf Toshev, Javohir Komilov, Husan Olimjonov, Abdumutal Tursunqulov, Amirxon Ibragimov, Bunyod Shodiyev, Tursunmurod Hamdamov, Sharof Aytboyev, Shahzod G‘ofurbekov, Abror Hakimov, Avaz Suyundiqov, Fahriddin Holiqberdiyev, Elbek Jumanov, Aziz Jo‘raboyev

PS: Stadion.uz sayti “Yangiyer” jamoasi bilan bog‘liq muammolarni o‘z nazoratiga olib, klubning kelgusi taqdirini kuzatib boradi. O‘ylaymizki, O‘FF rahbariyati "Yangiyer" futbolchilarining e’tirozini bee’tibor qoldirmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:47, 31.10.2017.
O'qildi: 8194 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.