UYEFA “Marsel” himoyachisi Patris Evra bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqmoqda.
36 yoshli fransuz Yevropa Ligasi 4-turida muxlislar bilan nizoga borgani hamda ishqibozlardan birining boshiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgandi.
Evra borasidagi yakuniy qaror 10 noyabrda chiqariladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi 5 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.