Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Kamoliddin Murzoyev: «Futbolimiz obro‘siga putur yetkazadigan holatlar bo‘lyapti»

Kamoliddin Murzoyev: «Futbolimiz obro‘siga putur yetkazadigan holatlar bo‘lyapti»

Baho:
+ | -

Tajribali hujumchi Kamoliddin Murzoyev uchun bu yilgi mavsum biroz omadsiz o‘tmoqda.

Surunkali jarohatlar futbolchining o‘zi istagandek o‘yin namoyish etishiga to‘sqinlik qilyapti. Boz ustiga, uning jamoasi «Olmaliq» ham ikkinchi davrani muxlislar, murabbiylar va klub rahbariyati kutganchalik o‘tkazmayapti.

Oraliq tanaffusga 4-o‘rinda chiqib ketgan olmaliqliklar chempionat yakunlanishiga beshta tur qolgan bir paytda o‘rtamiyonalar safiga qo‘shilib qolishgan.

Viktor Kumikov boshchiligidagi murabbiylar shtabi yakun chiroyli bo‘lishi uchun astoydil harakat qilmoqda. Lekin hozircha vaziyat deyarli o‘zgarishsiz qolyapti.

Biz omadsizlik iskanjasidan batamom chiqib keta olmayotgan Kamoliddin Murzoyev­ bilan bog‘lanib, uning mavzu doirasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Kamoliddin, muxlislar sizni biroz yo‘qotib qo‘ygandek bo‘lishdi. Bu jarohatlar ta’siridanmi yoki boshqa sabablar bormi?

- Birinchi taxminingiz to‘g‘ri. Afsuski, jarohat tufayli ko‘p vaqtimni maydondan tashqarida o‘tkazdim. Ikkinchi davrada ham asosan jarohatni davolash bilan band bo‘l­yapman.

- Hozir o‘zingizni yaxshi his qilyapsizmi?

- Hali ham jarohat asoratlari bor. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, oxirgi ikki uchrashuvda maydonga tushdim. Og‘riq qoldiruvchi ukollar yordamida o‘ynashimga to‘g‘ri keldi.

- Bu eski jarohatmi yoki shu yil orttirib oldingizmi?

- O‘tgan yili olgandim. Hali to‘laligicha bitib ketmadi. To‘laqonli kuch bilan harakat qilganimda, yugurganimda og‘riq beryapti.

- Jarohat oyog‘ingizning qaysi qismida? Shifokorlar qanday tashxis qo‘yishyapti?

- Chap tizzamda. Shu yil qishda Germaniyada jarrohlik stoliga yotgandim, o‘sha yerda muolaja olganman.

- Surunkalimasmi?

- Yo‘q. Kuchli yuklamalardan so‘ng shamollatib qo‘yganman. Shu bezovta qiladi.

- «Olmaliq» ikkinchi davrani ko‘ngildagidek o‘tkaza olmayapti. Shaxsan o‘zingiz buning sabablarini tahlil qilib ko‘rdingizmi?

- Xabaringiz bor, bu yil jamoamiz tarkibi 70 foizga yangilandi. Klub oldiga katta vazifalar qo‘yilgandi. Birinchi davrani ijobiy ko‘rinishda yakunladik. Kuchli to‘rtlikdan joy egallab turgandik. Hamma narsa o‘z qo‘limizda edi.

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ham yuqori saviyada tashkil etildi. Belarus davlatida xorij yig‘inini o‘tkazib qaytdik. Yig‘in doirasida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazildi. Shuningdek, safimizga tajribali futbolchilar kelib qo‘shilishdi.

Ammo ikkinchi davrada biz o‘ylagan, muxlislar kutgan natija kuzatilmayapti. Shaxsiy fikrim, omad bizdan ochiqchasiga yuz o‘girdi.

Futbolda yuqori natijaga erishish uchun bir yil kamlik qiladi. Yangi kelganlarning bir-birini to‘liq tushunib o‘ynab ketishi uchun vaqt kerak.

- Jamoada yechimini kutayotgan qanday muammolar bor? Yoki sizlarga faqat omad yetishmayaptimi? Maoshlarni vaqtida olyapsizlarmi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:03, 03.11.2017.
O'qildi: 5105 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.