Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Messida yubiley uchrashuv va alamzada «Real». Ispaniyada navbatdagi tur anonsi

Messida yubiley uchrashuv va alamzada «Real». Ispaniyada navbatdagi tur anonsi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionati 11-tur start olish arafasida. «Tribuna» turning asosiy intrigalariga e’tibor qaratadi.

Messi «Barselona» safida 600-uchrashuvni o‘tkazadi

Turning markaziy uchrashuvi Kataloniyada, «Kamp Nou» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. «Barselona» hafta boshida Gresiyada, «Olimpiakos»ga qarshi o‘yinda qayd etilgan natijani (0:0) unuttirish uchun muxlislari ko‘z o‘ngida «Sevilya»ni mag‘lubiyatga uchratishi talab etiladi. Kechaning asosiy yulduzi Lionel Messi shu kuni «Barsa» safida 600-uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda. Andalusiyaliklar jamoasi argentinalik bu futbolchining sevimli klubi hisoblanadi - u Ispaniyada eng ko‘p golini shu jamoa darvozasiga yo‘llagan (29ta). Bu borada ikkinchi o‘rinda «Atletiko» (27), uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda «Real» hamda «Valensiya» jamoalari (24). Mehmonlar jamoasi o‘tgan oy boshidagi inqirozdan endi chiqib kelmoqda, jamoa o‘tgan turda «Leganes»ni mag‘lub etib, Ispaniya chempionatidagi ahvolini, YECHLning o‘tgan turida esa «Spartak»ni mag‘lub etib, guruhdagi vaziyatni yaxshilab oldi.

Shu bilan birgalikda, «Sevilya» kataloniyaliklar jamoasi ustozi Ernesto Valverde uchun noqulay raqib. Shanba kungi o‘yin uning uchun «Sevilya»ga qarshi yigirmanchi o‘yin bo‘ladi. U o‘z faoliyatida bu jamoaga qarshi juda yomon statistika qayd etgan: shu vaqtgacha turli jamoalar boshqaruvida o‘tkazilgan 19 o‘yinda 8 g‘alaba, bir durang va 10 mag‘lubiyat. Yana bir e’tiborli jihat, Ernesto futbolchiligida «Barselona» safida ilk golini «Sevilya» darvozasiga yo‘llagan.

«Real» «Las Palmas»ni «toptap tashlaydi»mi?

«Qirollik klubi» og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Ispaniya chempionati startidagi 10 turda ikki mag‘lubiyat qayd etildi va jamoa «Barselona»dan 8 ochkoga ortda qolib ketdi. Zidan shogirdlari juda kam gol urmoqda - 10 o‘yinda 19ta gol. Jamoaning eng yaxshi to‘purari 3tadan gol urgan Marko Asensio va Isko bo‘lib turibdi. O‘yingacha Garet Beyl safga qaytishi kutilmoqda. Balki aynan u «qaymoqranglilar»ning omadsiz davrini yakunlab berar?

«Las-Palmas» jiddiy qarshilik ko‘rsatishini kutish qiyin. Jamoa turnir jadvalida oxirgi o‘rinlarda bormoqda. «Real» esa «Santyago Bernabeu»dagi o‘yinlarda ko‘proq ochko yo‘qotmoqda: 2 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat. Lekin orol jamoasi sentyabr oyidan buyon g‘alaba nimaligini bilmagan: 6 mag‘lubiyat. Yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda «Las-Palmas» qatorasiga 7 mag‘lubiyat qayd etgan jamoalar qatoriga qo‘shilishi haqiqatga yaqin. Madridliklar esa chempionlik poygasiga qaytish uchun g‘alaba qozonishi, yirik hisobda g‘alaba qozonishi kerak.

«Valensiya» va Dzadza tarix yaratmoqda

«Ko‘rshapalaklar» jamoasi tarixiy natija o‘rnatib bo‘ldi. Bu jamoa o‘z tarixidagi eng yaxshi startni namoyish etdi: mavsumdagi 10 o‘yinda 7 g‘alaba va 3 durang. Navbatdagi rekord qatorasiga 7 o‘yindagi g‘alaba bo‘lishi mumkin. «Valensiya» hali bunday natijaga erishmagan. «Leganes»ga qarshi o‘yinda esa buni amalga oshirish imkoniyat chegarasida. Madrid atrofidagi hudud jamoasi o‘zi uchun debyut bo‘lgan o‘tgan mavsumda 4 marta «Valensiya»ga qarshi o‘ynagan (Kubok doirasida ikki o‘yin) va har safar valensiyaliklar g‘olib chiqqan. Bu jamoani shanba kuni Valensiyada juda qiyin o‘yin kutib turibdi.

«Valensiya»da «ochilgan» Simone Dzadza chempionatda 9ta goli bilan Lionel Messidan keyin (13 gol) ikkinchi o‘rinda bormoqda. U qatorasiga La Liganing yetti turida gol urish orqali 1944 yilda Edmundo Suares tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorlashi mumkin.

4 noyabr, shanba
17:00. VALENSIYA – LEGANES.
20:15. DEPORTIVO – ATLETIKO.
22:30. ALAVES – ESPANYOL. 
00:45. BARSELONA – SEVILYA.
5 noyabr, yakshanba
16:00. LEVANTE – JIRONA.
20:15. SELTA – ATLETIK.
22:30. REAL SOSYEDAD – EYBAR. 
22:30. VILYARREAL – MALAGA.
00:45. REAL – LAS PALMAS.

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘lubiyatT-NOchko
1 Barselona 10 9 1 0 28-3 28
2 Valensiya 10 7 3 0 27-11 24
3 Real Madrid 10 6 2 2 19-9 20
4 Atletiko 10 5 5 0 15-6 20
5 Sevilya 10 6 1 3 11-9 19
6 Vilyarreal 10 5 2 3 16-11 17
7 Leganes 10 5 2 3 9-5 17
8 Betis 11 5 2 4 21-20 17
9 Real Sosyedad 10 4 2 4 21-20 14
10 Xetafe 11 3 4 4 15-13 13
11 Espanyol 10 3 4 3 9-12 13
12 Levante 10 2 6 2 11-13 12
13 Jirona 10 3 3 4 11-15 12
14 Selta 10 3 2 5 19-16 11
15 Atletik Bilbao 10 3 2 5 10-12 11
16 Deportivo 10 3 2 5 13-19 11
17 Eybar 10 2 2 6 5-22 8
18 Las-Palmas 10 2 0 8 8-25 6
19 Malaga 10 1 1 8 6-21 4
20 Alaves 10 1 0 9 4-16 3
Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 09:03, 04.11.2017.
O'qildi: 12824 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.