Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Metallurg»: Hikmat Hoshimovni tabriklaymiz!

«Metallurg»: Hikmat Hoshimovni tabriklaymiz!

Baho:
+ | -

Bugun “Metallurg” jamoasining sardori Hikmat Hoshimovning tavallud topgan kuni. Tajribali himoyachimiz o‘zining 38 bahorini qarshilamoqda.

Hamon safda, yoshlarga har tomonlama o‘rnak, namuna bo‘lib kelayotgan bu ajoyib futbolchi aytish mumkinki ikkinchi yoshligini boshidan kechirmoqda.

So‘nggi mavsumlarda “Metallurg” safida barcha uchrashuvlarda uzluksiz maydonga chiqish borasida betakror natijani qayd etib kelayotgan Hikmat Hoshimovning irodasi, kuch-g‘ayratiga tan bermaslikning iloji yo‘q.

Faoliyatini poytaxtning MHSK jamoasida boshlagan Hikmat Hoshimov keyinchalik “Do‘stlik”, “So‘g‘diyona”, “Lokomotiv”, “Andijon”, “Nasaf”, “Bunyodkor” jamoalarida to‘p surdi. 2007-2008 yillar oralig‘ida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etildi. 13 ta xalqaro uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bitta to‘p kiritdi. Uning 2007 yil 23 mart kuni Tayvan darvozasiga kiritgan goli terma jamoamizga g‘alaba keltirgan.

Hikmat Hoshimov 2011 yildan e’tiboran “Metallurg” futbol klubining o‘zgarmas sardori sifatida o‘ynab kelmoqda. Uning bugungacha oliy liganing bahslarida o‘tkazgan o‘yinlari soni 500 taga yaqinlashib qoldi. Bu borada mutloq rekordchi Asror Aliqulovni quvib yetishi va undan o‘zib ketishi hech gap emas.

Biz “Metallurg” futbol klubi rahbariyati, barcha o‘yinchilari hamda muxlislari nomidan, qolaversa o‘zbek futboli ishqibozlari nomidan Hikmat Hoshimovni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Unga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, futbolchilik va undan keyingi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:48, 12.11.2017.
O'qildi: 1866 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.