Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Oliy ligada debyutant jamoalar qanday karomat ko‘rsata olishgan?

Oliy ligada debyutant jamoalar qanday karomat ko‘rsata olishgan?

Baho:
+ | -

21 oktyabr kuni birinchi liga-2017ning 33-turida Quvasoyning «Sementchi» klubi o‘z stadionida to‘plangan 2 mingdan ortiq muxlis ko‘z o‘ngida joriy mavsum uchun qo‘yilgan vazifasini rasman uddaladi.

Aniqroq aytsak, Farg‘ona viloyati jamoasi finish marrasiga 3ta tur qolgan bir paytda oliy liga yo‘llanmasini naqd qildi va o‘z tarixida ikkinchi marta elitada o‘ynaydigan bo‘ldi.

Quvasoyliklar keyingi turda kichik oltin medalni ham o‘z nomlariga rasmiylashtirishdi. Xullas, bugun «Sementchi»ning muvaffaqiyati bahonasida avvalgi mavsumlar quyi ligadan kuchlilar qatoriga qo‘shilgan jamoalar haqida to‘xtalamiz.

Tabiiyki, oliy divizion debyutantlarining ilk urinishda qanday o‘yin va natija ko‘rsatishgani statistika ixlosmandlarini yetarlicha qiziqtiradi.

2017 yil. «Dinamo». Bilasiz, Samarqand klubi bu yil elitada kutilganidan ancha yaxshi start oldi. Xususan, «Paxtakor» maydonida erishilgan g‘alabadan so‘ng jamoaga nisbatan ajoyib ta’rif ishlatildi:

«O‘zbekcha «Lester». Biroq Oleg Tyulkin shogirdlari keyinchalik yuqori sur’atni ushlab turolmadilar. Xususan, ikkinchi davra boshlangach, jamoani umuman tanib bo‘lmay qoldi.

«Dinamo»ning asosiy muammosi murabbiylar shtabiga bog‘liqmi yoki kuchli hujumchilarga ega emasligi bois, gol urishda qiynalyapti?

Buni bilmadik, ammo 12-13-o‘rin joriy yilgi «Dinamo» uchun ayni mantiqiy yakundek ko‘rinmoqda. Mana, ikkinchi davra arafasida tarkibga qo‘shilgan Adnan Oraxovas va Farhod Tojiyevdek tajribali futbolchilar ham «Dinamo»ning joniga oro bo‘lolmayaptilar.

Yana nima ham derdik, Samar-qand klubidan mavsumning qolgan turlarida munosib o‘ynab, ko‘pchilik berilib ta’rifini keltiradigan «kuchli o‘nlik» uchun kurashni qizitishini kutib qolamiz.

2016 yil. «Obod». Milliy futbolimizdagi ilk xususiy klubning oliy ligadagi ilk qadamlarini yodga olsak, hammasi ancha og‘ir boshlangan edi. Ya’ni poytaxt jamoasi elitadagi debocha g‘alabasini naq 10 tur kutgandi.

Xullas, 2016 yilning 27 may kuni «So‘g‘diyona»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan «Obod» o‘yin sifati bo‘yicha chakki taassurot qoldirmadi. Deylik, jamoa so‘nggi turda «Paxtakor» bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi va bu o‘yin uning mavsumdagi «tashrif qog‘ozi» sifatida qabul qilindi.

Oliy liganing mutlaqo yangi ishtirokchisi sifatida debyut qilgan «Obod» yakunda jami 24 ochko to‘pladi: 6ta g‘alaba, 6ta durang, 18ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati - 25-51. Bu statistika 14-o‘rinni ta’minladi.

Muhimi, «Obod»ning oliy ligaga nomdor futbolchilarsiz qadam qo‘ygani ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Dastlab yosh murabbiy Bobur Zuhriddinov boshchiligida o‘ynagan jamoa ikkinchi davra o‘yinlarini Aleksandr Mochinov rahbarligida davom ettirdi.

Mavsum oxirida esa Ja’far Irismetov bosh murabbiy rolini bajarib, ishlarni ancha ijobiy tomonga o‘zgartirdi. «Obod» safida eng ko‘p maydonga tushgan va 14ta gol urgan Shohruz Norxonov 2016 yilgi mavsum kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, Xurshid G‘iyosov ham keng omma nazariga tushdi. Yil oxirida esa jamoa rahbariyati tajribali Rauf Inileev bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldi.

Afsuski, joriy mavsum davomida «Obod» boshiga ko‘p ko‘rgiliklar tushdiki, bundan hamma xabardor. Eng achinarlisi, jamoa oliy liga-2017ni yakuniga yetkazib qo‘yolmadi.

2010 yil. Oliy liga-2009da 16ta jamoa o‘ynagan va mavsum yakunida «So‘g‘diyona» hamda «Buxoro» quyi ligaga ravona bo‘lgandi.

Biroq oliy liga yo‘llanmasiga ega chiqqan «Qo‘qon-1912» va «Mash’al-Akade-miya» klublari turli sabablarga ko‘ra, yuqoriga ko‘tarilmaydi. Natijada elita jamoalari soni 14taga tushib qoladi.

2008 yil. «UzDongJu». Islom Ahmedov boshqargan «UzDongJu» aytarli karomat ko‘rsatolmagan bo‘lsa, Olmaliqning OTMK nomi ostida o‘ynagan jamoasi o‘z natijalari bilan ko‘pchilik e’tiboriga tushgandi.

Mustahkam moliyaviy holat tufayli OTMK chempionatda 10-o‘rinni band etadi. Andijon jamoasiga kelsak, uyda «Mash’al», safarda «Qizilqum» ustidan qozonilgan g‘alabalar unga shunchaki, yupanch vazifasini bajaradi, xolos.

Aytgancha, o‘sha mavsum vodiy viloyatining bosh jamoasi - «Andijon» 5-o‘rinni egallagandi.

2007 yil. «Quruvchi». DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:03, 15.11.2017.
O'qildi: 4301 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.