Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Mash’al» Oliy Ligadagi yubiley – 200-g‘alabasiga erishdi!

«Mash’al» Oliy Ligadagi yubiley – 200-g‘alabasiga erishdi!

Baho:
+ | -

Muborakning “Mash’al” jamoasi Oliy liganing 28-turda Navoiyning “Qizilqum” klubini o‘z maydonida qabul qilib yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu g‘alaba “yo‘lbarslar”ning oliy ligadagi yubiley – 200-g‘alabasi sifatida tarixga kirdi. Qayd etish kerakki, “ Mash’al” jamoamiz hozirga qadar Oliy liga bahslarida o‘zining 17-mavsumini o‘tkazmoqda.

Hozircha  “gazchilar” chempionat doirasida jami 468ta uchrashuv o‘tkazishib, shulardan 200tasi g‘alaba, 86tasi durang va yana 194ta uchrashuvni mag‘lubiyat bilan yakunlashgan.

To‘plar nisbati esa: 625-657. Ochkolar soni 688ta bo‘lib turibdi. Oliy ligada hali ishtirok etayotgan “Mash’al” yana bir qancha bahsda maydonga tushishi aniq shu bois hali muborakliklarning bu ko‘rsatkichlari yana bir necha bor o‘zgarishi shubhasiz.

“Mash’al” jamoasining oliy ligadagi yubiley g‘alabalari:

1. Oliy liga-1995 yil 15 aprel . 4-tur. “ Mash’al ” – “ Temiryo‘lchi ” 2-0

50. Oliy liga-2005 yil 15 aprel 3-tur. “ Mash’al ” – “So‘g‘diyona” 5:1

100. Oliy liga-2007 yil 30 sentyabr 22-tur. “ Vobkent” – “ Mash’al ” 2:4

150. Oliy liga-2011 yil 15 oktyabr 23-tur. “ Mash’al ” – “Andijon” 4:0

200. Oliy liga-2017yil 8 noyabr  28-tur. “ Mash’al ” – “ Qizilqum ” 4:0

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 14:53, 15.11.2017.
O'qildi: 1772 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик