Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza 0-1 Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Agar, Peru terma jamoasi JCHga chiqsa...

Agar, Peru terma jamoasi JCHga chiqsa...

Baho:
+ | -

Avval xabar berib o‘tganimizdek, keyingi yil Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichiga chiqish uchun o‘tish o‘yinlari davom etmoqda. Hozirda 30 jamoa mundialga yo‘llanma olishga ulgurib bo‘ldi.

Bugun, 15 noyabr kuni Peru Mehnat vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida perulik fuqarolarni xursand etadigan axborot paydo bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Peru terma jamoasi JCH–2018 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadigan bo‘lsa,  Peru Respublikasida 16 noyabr payshanba kuni dam olish kuni deya e’lon qilinadi.

Shuningdek, ishchilarning dam olish kunidagi maoshi to‘liq to‘lab beriladi.

Ma’lumot uchun, Peru terma jamoasi qit’alararo o‘tish o‘yinida Yangi Zelandiya terma jamoasi bilan safarda 0:0 hisobida durang o‘ynagan.

Javob bahsi esa ertaga, 16 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:15 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Peru terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida bundan 35 yil ilgari, aniqrog‘i 1982 yilda ishtirok etgan.

Bundan tashqari, bugun jahon chempionatiga boradigan 31-jamoaning nomi ma’lum bo‘ladi. Muhim yo‘llanma uchun Avstraliya hamda Gonduras terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi. Ushbu juftlikning birinchi o‘yinida ham 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Daniya terma jamoasi Irlandiyani safar o‘yinida yirik 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yo‘llanmaga ega bo‘lishgandi.

Jahon chempionati guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Hozircha 30 jamoa ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritib bo‘ldi.

Qolgan guruh bosqichidagi va pley-off uchrashuvlari shu oy yakuniga qadar bo‘lib o‘tadi va barcha — 32 jamoa ro‘yxati aniq bo‘ladi. Guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 1 dekabr kuni o‘tkaziladi.

 Quyida JCH–2018da ishtirok etadigan jamoalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polsha, Misr, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama, Senegal, Tunis, Marokash, Shveysariya, Xorvatiya, Shvesiya, Daniya.

JCH–2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyun kunidan 15 iyul kuniga qadar Rossiyaning 11 shahri: Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donudagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

 Musobaqaning amaldagi chempionlari — Germaniya terma jamoasi mundial yo‘llanmasiga avvalroq ega chiqishgan.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 20:18, 15.11.2017.
O'qildi: 6993 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.