Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

PFL bosh direktori «Neftchi» klubi quyi ligaga tushib ketmaganini ma’lum qildi

PFL bosh direktori «Neftchi» klubi quyi ligaga tushib ketmaganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Oliy Ligasining 2016 yilgi mavsumida 12-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmasligi ma’lum bo‘lgan Farg‘onaning «Neftchi» klubi, o‘z tarixida ilk bor quyi ligaga ravona bo‘lgandi.

Kecha — 16 noyabr kuni Sport-TV kanalining «Gol» ko‘rsatuvida mehmon bo‘lgan PFL bosh direktori Omon G‘ofurov, xulosaga shoshilmaslik kerakligini ta’kidladi va «Neftchi» Birinchi Ligaga tushib ketmaganini ma’lum qildi.

«Neftchi» vakillari jamoa Birinchi Ligaga tushib ketgani haqidagi turli OAVlarda berilgan xabarlar haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishi borasida bizdan so‘radi. Vaholanki, PFL rasmiy saytida bunday ma’lumot hali chiqmadi. Demak, «Neftchi» Oliy Ligadan tushib ketmadi.

Omon G‘ofurov, PFL bosh direktori

Tashkilot rahbarining aytishicha, 2018 yilni Oliy Ligada o‘tkazishni istagan klublar lisenziyalash masalasini to‘g‘ri hal qilishi shart. Shunday xulosaga kelish mumkinki, Oliy Ligada 11-o‘rindan pastga tushib ketgan jamoalar ham elitadagi o‘rnini saqlab qolishi mumkin. Bunda o‘sha jamoa lisenziyalashni to‘g‘ri bajarishi, 11-o‘rindan yuqorida bo‘lgan qaysidir klub esa aksincha, ishni hal qila olmasligi kerak.

PFL sayti bungacha 2017 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Oliy Ligada 1—11-o‘rinlarni egallagan klublar o‘z o‘rnini saqlab qolishi, qolganlar esa Birinchi Ligaga surgun qilinishi, o‘z navbatida, Birinchi Liga chempioni Oliy Ligaga qo‘shilishi haqida bayonot berib ulgurgandi. 2017 yil startida esa Oliy Liga klublari bundan voqif qilinmagandi. «Neftchi»dan tashqari, «Sho‘rtan» va «Obod»ning ham Oliy Ligada o‘ynamasligi oydin bo‘lib ulgurgandi. «Obod» chempionatdan chetlashtirildi. «Sho‘rtan» ligada muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani barobarida, FIFA talabiga ko‘ra ham kelasi mavsumni quyi ligada o‘tkazishi kerak edi.

****

Kelasi yil Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi. Muxlislarning asosiy e’tibori unda bo‘lishi inobatga olinib, iyun va iyul oylariga Oliy Liga o‘yinlarini qo‘yish rejalashtirilmayapti.

Omon G‘ofurov, PFL bosh direktori

Rossiyadagi mundial kelasi yilning 14 iyunida start olib, 15 iyulga qadar davom etadi. Muxlislarga sir emaski, guruh bosqichi yakunlanib, pley-off o‘yinlari start olgach, o‘rtada bir necha kunlik tanaffuslar yuzaga keladi. O‘sha tanaffuslarda ham O‘zbekiston ichki chempionati va kubogida o‘yinlar o‘tadimi yoki yo‘q — hozircha aniq emas.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya—2018 mundialida ishtirok etmaydi. Samvel Babayan boshchilik qilgan terma o‘z guruhida Eron, Janubiy Koreya va Suriyadan yomonroq natija qayd etgani uchun, mundialdan chetda qolgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 01:20, 18.11.2017.
O'qildi: 7706 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.