Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

La liga. «Atletiko» - «Real». Jamoalar ochko yo‘qotishdi

La liga. «Atletiko» - «Real». Jamoalar ochko yo‘qotishdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 12-turi doirasida "Vanda Metropolitano" stadionida o‘tkazilgan Madrid derbisi doimgidek kurashlarga boy tarzda kechdi.

Uchrashuvning debyutidayoq "Atletiko" hisobni ochishi mumkin edi. Varanning qo‘pol xatosidan keyin Anxel Korrea "Qirollik klubi" darvozaboni bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqdi hamda aniq zarba bera olmadi — to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

Zidan shogirdlari o‘yin nazoratini o‘z tomonlariga og‘dira boshlashdi hamda oradan yarim soatlar o‘tib ular yaxshi kombinasiya tashkil qilishdi. Kroos va Ronaldu "devor" uslubida o‘ynashganidan keyin nemis futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichida birga-bir vaziyatga zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘lim mutlaqo tengma-teng kurashlar ostida kechdi. Simeone shogirdlari to‘pni nazorat qilishda hamda mudofaada ancha ishonchli harakat qilishdi. O‘yin so‘ngida jamoalardan biri g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishlari mumkin edi. 79-daqiqada Gameyro yakkama-yakka vaziyatda to‘pni Kasilyaning ustidan oshirdi. Bo‘sh darvozaga kirayotgan to‘pni Varan bosh bilan yuqoriga urib yubordi.

O‘yin tugashiga 1 daqiqa qolganida Ronaldu "Real"ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylanishi mumkin edi. Qarshi hujum paytida Marseloning uzatmasidan keyin Krishtianu raqib jarima maydonchasida ochildi va kuchli zarba berishga qaror qildi. Ammo himoyachi Ernandes jon holatda zarba yo‘liga tashlandi va muqarrar goldan jamoasini qutqardi.

Xullas, shunday o‘yin bo‘ldiki, bitta gol urgan jamoa g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Ammo har ikkala jamoa darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Natijada ikkala jamoa 2 ochko yo‘qotishga majbur bo‘ldi. Endi "Atletiko" ham, "Real" ham peshqadam "Barselona"dan 10 ochko ortda qolmoqda. Bitta o‘yin kam o‘tkazgan "Valensiya" bu jamoalarni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Ispaniya La ligasi, 12-tur
Atletiko – Real Madrid 0:0 (0:0, 0:0)
Atletiko – Oblak, Savich, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Godin, Saul, Gabi, Koke, Parti (Ferreyra Karrasko, 54), Korrea (Gameyro, 77), Grizmann (Torres, 76).
Real Madrid – Kasilya, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Nacho, 46), Modrich, Kazemiro, Isko, Kroos, Benzema (Asensio, 76), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Karvaxal (20), Savich (34), Saul (63), Koke (70), Xuanfran (77), Lyuka Ernandes (82), Nacho (82), Godin (89).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:38, 19.11.2017.
O'qildi: 5527 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик