Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/03 00:00 Betis 2-1 Sevilya
31/03 21:30 Verona 0-0 Parma
31/03 23:45 Lasio 1-1 Torino
01/04 00:00 Selta 1-1 Las-Palmas
01/04 23:45 Vulverhempton - Vest Xem
01/04 23:45 Arsenal - Fulhem
02/04 00:00 Nottingem Forest - Man. Yunayted
02/04 23:45 Brayton - Aston Villa
02/04 23:45 Sautgempton - Kristal Pelas
02/04 23:45 Manchester Siti - Lester
02/04 23:45 Nyukasl - Brentford
02/04 23:45 Bornmut - Ipsvich
03/04 00:00 Liverpul - Everton

YECHLning 18 yoshli omadsiz rekordchisi kimligini bilasizmi?

YECHLning 18 yoshli omadsiz rekordchisi kimligini bilasizmi?

Baho:
+ | -

YECHL guruh bosqichi doirasidagi «Benfika» va «MYU» jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvda 18 yil avval Iker Kasilyas tomonidan o‘rnatilgan rekord yangilandi.

Gap shundaki, ispaniyalik mashhur darvozabon 18 yosh 118 kunlik paytida ilk marta Chempionlar Ligasida maydonga tushgandi.

Uning «Benfika»dagi kasbdoshi Mile Svilar esa tug‘ilganidan keyin 18 yilu 52 kun o‘tgach, «ko‘hna qit’a»ning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirida debyutini nishonladi.

Svilar katta yoshdagi muxlislar uchun tanish nom. Milening otasi, ya’ni Ratko Svilar kubok egalari kubogining 1993 yildagi yarim finalidan birida «Antverpen» tarkibida Moskvaga tashrif buyurgandi.

To‘g‘ri, Rossiyaning «xalq jamoasi» portugaliyalik hakam Korradu tomonidan «qatl» etilgan o‘sha bahsda belgiyaliklar darvozasini boshqa yugoslaviyalik - Stevan Stoyanovich qo‘riqlagan, 43 yoshli Ratko esa zaxira o‘rindig‘ida qolgandi.

Katta Svilar 47 yoshgacha «Antverpen»da to‘p surib, shu jamoada murabbiylik faoliyatini boshlagandi. Belgiyaga ko‘chib o‘tishidan avval sobiq Yugos-laviyaning taniqli darvozabonlaridan biri edi.

U «Royovadina» klubida o‘ynagan, ma’lum muddat AQSHda istiqomat qilgan. 1982 yili sobiq Yugoslaviya termasi tarkibida JCHga yo‘l olgan, ammo murabbiylar uni maydonga tushirishmagandi. 80-yillar o‘rtalarida Belgiyaga ko‘chib o‘tib, o‘sishga erishdi.

Tabiiyki, otasining darvozadagi harakatlarini tomosha qilish Milega nasib etmadi. Chunki u dunyoga kelgan payt Ratko futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.

Uzoq vaqt «Antverpen»da yosh darvozabonlarga ustozlik qilgani bois, o‘g‘li ham ota kasbiga juda barvaqt mehr qo‘ydi. Chaqqonlik va sakrash mahoratini esa voleybolchi onasidan meros qilib oldi.

Yosh darvozabon kumir sifatida otasi emas, Iker Kasilyasni tanlagan. Avvaliga «Antverpen»da, keyinchalik «Anderlext»da tahsil oldi. E’tiborlisi, nafaqat futbol, balki boshqa sohalarda ham chuqur ilm olishga intildi.

Oqibatda, maktabni a’lo baholarga tamomlab, bolalar va o‘smirlar jamoalarida Belgiya sharafini himoya qildi. Yozda «Benfika»dan taklif olgan yosh darvozabon terma safida maydonga tushishga ulgurmadi.

Aytishlaricha, DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 00:15, 20.11.2017.
O'qildi: 3864 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz