«Real» o‘z rasmiy saytida jamoaning juma kungi mashg‘ulotlari haqida ma’lumot e’lon qildi. Odatdagidek, madridliklar tarkibdagi kadrlar holati bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etishdi.
Hujumchi Kilian Mbappe hali hamon umumiy guruhda faqat qisman mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
«Mbappe mashg‘ulotlarning bir qismini umumiy guruh bilan o‘tkazdi, Gyuler esa yakka tartibda shug‘ullandi. Karvaxal, Mendi, Militao, Rodrigo va Valverde tiklanish jarayonini davom ettirishmoqda», — deyiladi «qaymoqranglilar» xabarida.
Avvalroq Mbappe «el-klasiko»ni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi, biroq ikkinchi bo‘limda maydonga tushishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Real Madrid» o‘rtasidagi uchrashuv 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.













