Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Muzaffarov yosh jamoadoshiga omad tiladi

Muzaffarov yosh jamoadoshiga omad tiladi

Baho:
+ | -

“Neftchi” hamda “Mash’al” jamoalari  o‘rtasidagi bahsdan so‘ng “Neftchi” futbolchilari qisqa ta’tilga chiqishdi. Fursatdan foydalangan holda, jamoa yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov bilan bog‘lanib undan intervyu oldik.

– Mavsum davomida deyarli barcha o‘yinlarda to‘liq ishtirok etdim, – deb gap boshladi Muzaffar. – Shu sababli balki “Mash’al”ga qarshi bahsda charchoq alomatlari sezilgandir. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham joriy mavsumdagi so‘nggi uy bahsida muxlislarga g‘alabani taqdim etdik. Men shundan xursandman. Muborakliklarga qarshi bahsda omad biz tarafda bo‘ldi. Bu  futbol. Unda kimdir g‘alaba qozonsa, kimdir mag‘lub bo‘lishga majburdir.     

Uchrashuvda yosh jamoadoshimiz Avazbek O‘lmasaliyev bahs taqdirini hal qiluvchi golga mualliflik qildi. Avazbek iqtidorli futbolchi sanaladi.  Uni kelajakda yaxshi saviyali o‘yinchi bo‘lib yetishib chiqadi degan fikrdaman. Balki vaqti  kelib uni xorij chempionatlarida ham ko‘rarmiz.  Avazbekka omad tilayman.

Shu o‘rinda farg‘onalik muxlislarga rahmat aytib qolmoqchiman. Ular bizni qiyin paytlarda ham yolg‘izlatib qo‘yishmadi. Barchasi uchun rahmat, – dedi Muzaffar Muzaffarov.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 17:44, 21.11.2017.
O'qildi: 2446 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.