Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 0-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 0-0 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 0-0 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-0 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Fil surib, ot o‘ynatish» - g‘alaba imkoni

«Fil surib, ot o‘ynatish» - g‘alaba imkoni

Baho:
+ | -

Bosh jamoamiz yana mag‘lubiyatga uchradi. Ro‘ziqul Berdiyevning debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Kayfiyatimiz buzildi, albatta. Nega buzilmasin axir?! Yoshlar maydonda olov bo‘lib yonishlarini, g‘ayrat-shijoat ko‘rsatishlarini istagandik.

Afsuski, ular akalaridan noo‘rin og‘ir karvonlik va bemavrid xotirjamlik «virus»ini yuqtirib olishgan, chog‘i. Har holda, harakatlarida alohida jonbozlik sezilmadi.

To‘g‘ri, terma jamoamiz natija, balki g‘alaba uchun ham kurashdi, qo‘l qovushtirib o‘tirmadi. Ammo bunga qaratilgan harakat jonbozlik darajasiga ko‘tarilmadi.

Biz nazarda tutayotgan holat «Nasaf» - «Paxtakor» uchrashuvida yaqqol ko‘zga tashlandi.

Jonbozlik qanday bo‘lishini «ajdarlar» barchaga ko‘rsatib qo‘yishdi. Milliy jamoamiz afsuski, «Nasaf» kabi jonkuyarlik bilan to‘p surolmadi.

Xo‘sh, bunday farqning sababi nima? Axir har ikki o‘yinda bosh jamoamiz va «Nasaf»ni Ro‘ziqul Berdiyev boshqardi-ku?!

Aslida bosh jamoamiz ishtirokidagi bahs «Nasaf»ning mavsum taqvimida eng asosiy maqomini olgan o‘yindagi harakatlariga salbiy ta’sir qilishi kerak emasmidi?! Biz shunday voqea kuzatilishidan xavotirlangandik.

«Ajdarlar» bu kabi taxminiy xavotirlarni nari surib, o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun nisbatan yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan «Paxtakor»ni yirik hisobda yengdilar. Ular stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislardan kuch olishdimi? Inkor etmaymiz.

Qarshidagi stadionda g‘alaba kayfiyati hukm surdi. Biroq tajribadan bilamizki, futbolda muxlislardagi g‘alaba ishtiyoqi o‘yin natijasiga jiddiy ta’sir o‘tkazolmaydi.

Aks holda, Janluiji Buffonga qo‘shilib, «tiffozilar» ham achchiq ko‘z yoshlari to‘kishmasdi. U holda «Nasaf» qanday omil evaziga «sherlar» ustidan g‘alaba qozondi-yu, terma jamoamiz BAAda mag‘lubiyatga uchradi?

Ikki uchrashuvni qiyoslab xulosa qildikki, bosh jamoamizga erkin ruh yetishmadi. Boshqacha aytganda, futbolchilar o‘zlariga o‘xshashmadi.

«Kumush o‘yin»ga aylangan uchrashuvda esa Aziz G‘aniyev o‘zi istagandek jangovar kayfiyatda to‘p surdi, Bahrom Abdurahimov esa hattoki, Aleksandr Lobanov asablari bilan bemalol o‘ynashib, oxir-oqibat, uni jazoladi.

BAAdagi uchrashuvda futbolchilarimizda shunday tabiiy va erkin harakatlar mexanizmi kuzatilmadi. Balki ular terma jamoa bosimi bois, o‘zlari istagandek to‘p surishmagandir. Ehtimol.

Agar masala shu zaylda qo‘yilsa, mas’uliyat ko‘proq Ro‘ziqul Berdiyev zimmasiga tushadi.

Debyut bahsiga avvalo, uning o‘zi sal boshqacharoq yo‘sinda hozirlanishi zarur edi, qolaversa, bunday yondashuvni jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilarga ham singdirishi talab etilardi. 

Ana, Argentina va Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsida debyutant Brayan Idovu ilk golini nishonladi. U o‘z harakatlari bilan ming yillardan buyon Nigeriya terma jamoasi tarkibida to‘p surayotgandek taassurot uyg‘otdi.

Demak, futbolchi terma jamoadagi debyutida ham avvalgidek, hattoki, undan ham yaxshiroq to‘p surishi mumkin. Ha, bizning murabbiylar va futbolchilar o‘yin sirlarini yomon bilishmaydi.

Ulardagi kamchilik intellektual va psixologik bilimlar bilan bog‘liq. Mazkur ikki nuqson sabab, murabbiylarimiz va futbolchilarimiz o‘yin jarayonini yetarli darajada boshqarisholmaydi.

Birgina misol, DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:18, 21.11.2017.
O'qildi: 3521 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик