Xabaringiz bor, kuni kecha PFL saytida “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidagi holat yuzasidan PFL Tartib-intizom qo‘mitasi qarori e’lon qilindi.
Bu qaror “Nasaf” muxlislarining katta xursandchiligidan keyin, kayfiyatini tushirib yubordi. Bu albatta achinarli hol. Bugun ertalabdan “Nasaf” klubining faol muxlislari tomonidan tashabbus guruhi tuzilib, qarorga sabab bo‘lgan voqea keng muhokama qilinmoqda. Aslida voqea qanday bo‘lgani surishtirilmoqda. Ko‘pchilikning fikricha, birinchi bo‘lib "Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov tomonidan professional futbolchiga xos bo‘lmagan harakat bo‘lganligi aniq bo‘lmoqda. Ya’ni, voqea sodir bo‘lgan joyda o‘tirgan muxlislar bu haqda kerakli joyda, kerakli ko‘rsatma berishga ham tayyor ekanliklarini bildirishmoqda. Voqea va qabul qilingan qaror yuzasidan ayni paytda rasmiy tashkilotlarga murojaat tayyorlanmoqda.
Ammo afsuski, qaror qabul qilib bo‘lindi. Bu qaror muxlislarning eng yaxshi ko‘rgan klubiga nisbatan katta moliyaviy zarar bo‘ldi.
Shu munosabat bilan tashabbus guruhi o‘zaro kelishib, muxlis – Ma’ruf Hazratqulov nomiga bankdan maxsus hisob raqami (plastik kartochkada) ochishdi. Klubga jarimani to‘lashga yordam berish maqsadida mablag‘ yig‘ish ham boshlab yuborildi.
Plastik kartochka raqami: 8600 0329 6323 0420
Kimki ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlasa, shu raqamga pul o‘tkazishi mumkin.
Biz hech qachon sevimli klubimizni yolg‘izlatib qo‘ymaymiz!
PFL rahbarlariga ham qisqa murojaat qilmoqchimiz. Hurmatli futbolimiz rahbarlari, muxlislarni futboldan sovutmang! Futbol faqat muxlislar uchun ekanligini ham unutmang. Axir aynan muxlislar manfaatini o‘ylab, davlatimiz qanchadan-qancha mablag‘larni ayamayapti. Qaror qabul qilishda adolatli bo‘ling!
“Nasaf” klubi muxlislari tashabbus guruhi nomidan – Sanjar Sayfiyev
Murojaat uchun telefonlar: +998 91 224 74 74, +998 90 666 61 61