“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “PSJ” a’zosi Neymar YECHL guruh bosqichi 5-turida raqib darvozasini ishg‘ol etishdi. Ular bu bilan YECHL guruh bosqichining dastlabki 5 turida gol urgan uchinchi va to‘rtinchi futbolchiga aylanishdi.
Ulardan oldin bunday natijani 1995-1996 yilgi mavsumda Del Pyero va 1997-1998 yilgi mavsumda Sergey Rebroy qayd etgandi.