Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

«Qo‘qon-1912» mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi

«Qo‘qon-1912» mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi

Baho:
+ | -

Bugungi uchrashuv futbolchilarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Oldingi ikkita bahsda raqiblarga imkoniyatni boy bergan vakillarimiz bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishlari kerak edi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Shohnazar Norbekov jarima maydonchamiz ichidagi pala-partishlikdan keyin darvozamizni ishg‘ol etdi.

11-daqiqada hisobni tenglashtirdik. Jarima maydonchasi ichida qulay vaziyatdan turgan Andrey Sidorov osonlik bilan raqib darvozasini nishonga oldi. Sidorov mavsumdagi birinchi golini kiritganini ham ta’kidlash joiz.

16-daqiqada futbolchilarimiz ijrosidagi ajoyib kombinasiya tashkil etildi. So‘nggi pallada Quvondiq Ro‘ziyevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

24-daqiqada mehmonlar to‘p kiritishgandi. Ammo olmaliqliklar yon qanotdan to‘pni o‘yinga kiritishda xatolikka yo‘l qo‘ishgani tufayli gol inobatga olinmadi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida futbolchilarimiz hujumga zo‘r berishdi. Lekin ushbu hujumlardan foydalana olishmadi.

Ikkinchi taymni futbolchilarimiz faollik bilan boshlashdi. 49-daqiqada Murod Xolmuhammedovning jarima zarbasidan keyin to‘pni mehmonlar posboni qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

52-daqiqada Muhammadanas Hasanovning zarbasi salgina noaniq ko‘rinish oldi. Zarba muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. 59-daqiqada Zafar Polvonov mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi.

67-daqiqada raqib darvozasi oldida juda xavfli vaziyat sodir etdik. Andrey Sidorov darvozabon bilan kurashda yutib chiqdi. Ammo yakuniy zarbani bera olmadi.

80-daqiqada Muhammadanas Hasanov bir nechta raqibni aldab o‘tib jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba berdi. Uning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi.

82-daqiqada Murod Xolmuhammedovning jarimadan tepgan to‘pini mehmonlar posboni qaytarishga erishdi.

86-daqiqada Nosir Otaqo‘ziyev qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Uning zarbasi darvoza yonidan o‘tib ketdi.

Shu tariqa jamoamiz mavsumning so‘nggi uchrashuvida ham mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuv yakuniga yetgach, chempionatning yopilish marosimi o‘tkazildi.

OLIY LIGA. 30-TUR

«QO‘QON-1912» (QO‘QON) – «OLMALIQ» (OLMALIQ) – 1:2 (1:1)

Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon).

Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

O‘zPFL vakili: R. Chernikov.

Gollar: Andrey Sidorov-11, - Shohnazar Norbekov-8, Zafar Polvonov-59.

“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 4. Bahodir Akramov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov (25. Iqbol Malikjonov-72), 11. Andrey Sidorov, 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziyev (9. Nosir Otaqo‘ziyev-84), 77. Murod Xolmuhammedov (S), 96. Muhammadanas Hasanov.

Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 3. Ismoil Oxunjonov, 17. Avaz Mamatxo‘jayev, 27. Doston Meliqo‘ziyev, 98. Xushnud Avilov.

“Olmaliq”: 12. Roman Abdulov, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 10. Shohnazar Norbekov (15. Farhod Musabekov-76), 13. Lutfulla To‘rayev (S), 21. G‘ulomhaydar G‘ulomov, 23. Zafar Polvonov, 70. Sanjar Rixsiboyev (11. Viktor Klishin-57), 88. Igor Yelich, 90. Vladislav Kasminin, 94. Xurshid Muxtorov.

Zaxira: 45. Akbar To‘rayev, 6. Vusol Mageramov, 24. Yahyo Ro‘ziyev, 35. Dadaxon Yusupov, 44. Aziz Suyunov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 19:32, 25.11.2017.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.